“XAVFSIZ TALABA” PLATFORMASINI JORIY ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI
2026-09-16 16:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Xavfsiz talaba” platformasini ishga tushirish yuzasidan Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar doirasida Farg‘ona davlat universitetida talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomatni nazorat qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda universitet hududida xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
🔹 Universitetda 24 368 nafar talaba tahsil olmoqda;
🔹 hududi va binolarda 1 018 ta videokuzatuv kamerasi mavjud;
🔹 438 ta IP-kamera yagona Dispetcherlik markazi orqali markazlashgan nazoratga olingan;
🔹 kirish-chiqish joylariga 36 ta turniket va 72 ta Face ID qurilmasi o‘rnatilgan;
🔹 4 nafar profilaktika inspektori talabalar shaharchalari va TTJlarga biriktirilgan;
🔹 37 nafar talabadan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyat yuritmoqda.
Mazkur ishlar “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz talaba” tamoyillari asosida talaba-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda zamonaviy xavfsizlik tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan.







