“XAVFSIZ TALABA” PLATFORMASINI JORIY ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI
2026-09-16 16:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Xavfsiz talaba” platformasini ishga tushirish yuzasidan Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar doirasida Qo‘qon universiteti Andijon filialida talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomatni nazorat qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda universitet hududida xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda. Universitet hududi va binolarida 500 dan ortiq kuzatuv kameralari faoliyat yuritmoqda
Talabalardan tashkil topgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan
Talabalar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktika inspektorlari faoliyat yuritmoqda
Mazkur ishlar “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz talaba” tamoyillari asosida talaba-yoshlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.








