“XAVFSIZ TALABA” PLATFORMASINI JORIY ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI
2026-09-16 16:20:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘rganishlar doirasida Farg‘ona davlat texnika universitetida talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomatni nazorat qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda universitet hududida xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
🔹 Universitetda 19 331 nafar talaba tahsil olmoqda;
🔹 universitet hududi va binolarida 405 ta videokuzatuv kamerasi mavjud;
🔹 405 ta IP-kamera yagona Dispetcherlik markazi orqali markazlashgan nazoratga olingan;
🔹 kirish-chiqish joylariga 10 ta turniket va 20 ta Face ID qurilmasi o‘rnatilgan;
🔹 2 nafar profilaktika inspektori talabalar shaharchalari va TTJlarga biriktirilgan;
🔹 25 nafar talabadan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyat yuritmoqda.
Mazkur ishlar “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz talaba” tamoyillari asosida talaba-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, davomat nazoratini kuchaytirish hamda universitetda zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan.



