Koreya – Markaziy Osiyo: sun’iy intellekt, fan va texnologiyalar sohasida yangi hamkorlik bosqichi
2026-09-15 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun, 14-sentabr kuni Seul shahrida “Korea–Central Asia Future AI, Science and Technology Partnership Ministerial Meeting” — Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining sun’iy intellekt, fan va texnologiyalar sohasidagi vazirlar darajasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi, ofis direktori Akbarxon Sobirxonov O‘zbekiston nomidan fan va texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining mavjud salohiyatini birlashtirish, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat tashkilotlari va texnologik hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlikni qo‘shma loyihalar va amaliy natijalar bilan boyitish zarurligi qayd etildi.





