Bo’lajak shifokorlar qasamyod qabul qilishdi
2026-09-12 14:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilda institutga 8 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qariyb 1300 nafar talaba qabul qilindi. Ularning 60 foizi davlat granti asosida tahsil oladi.
Marosimda boʻlajak shifokorlar oʻz kasbiga sadoqatli boʻlish, bemorlar hayoti va salomatligini asrash hamda kasbiy vazifalarini halol va masʼuliyat bilan bajarishga qasamyod qildilar.
Tadbir davomida talabalarga oq xalat kiydirish marosimi ham oʻtkazildi. Shuningdek, institutda zamonaviy tibbiy trenajyorlar bilan jihozlangan simulyatsion markaz faoliyat yuritayotgani, ayrim mutaxassislik fanlari ingliz tilida oʻqitilishi hamda xalqaro hamkorlik doirasida qator davlatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.


