Davlat xaridi hujjatlarining ommaviy muhokamasi e’lon qilindi
2026-09-09 15:30:00 / E’lonlar

Ushbu davlat xaridida ishtirok etish istagini bildirgan barcha rezident va norezident tashkilotlar xarid hujjatlari bilan batafsil tanishib chiqishlari hamda o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin. Xarid hujjatlarining ommaviy muhokamasi yakunlangandan so‘ng, elektron platformada ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish bosqichi boshlanadi va takliflar 5 ish kuni davomida qabul qilinadi.
Xarid hujjatlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:
- Ommaviy muhokama havolasi: https://xt-xarid.uz/procedure/8612996/core?tabid_tab=0
- Tanlash raqami: № 8612996
- Davlat buyurtmachisi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi.
- Xarid predmeti: 2026/2027-o‘quv yili davomida kasbiy ta’lim tashkilotlariga (texnikumlarga) 9 (to‘qqiz) nafar xorijiy ingliz tili o‘qituvchisini jalb qilish va ularning faoliyatini tashkiliy ta’minlash xizmatini ko‘rsatish
- Boshlang‘ich narx: 2 640 000 000,00 so‘m (QQS hamda barcha soliq va qo‘shimcha to‘lovlarni inobatga olgan holda).
- Moliyalashtirish manbai: Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi.
- Xizmat ko‘rsatish muddati va joyi: 2026/2027-o‘quv yili (2026-yil sentabr – 2027-yil iyun, kamida 10 oy), O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari.
- To‘lov valyutasi: So‘m (AQSh dollari yoki Yevroda taklif taqdim etilganda baholash Markaziy bank kursi asosida so‘mda hisoblanadi).
- Taklifning ta’minot kafolati: Zakalat – 0%, bank kafolat xati talab etiladi.
- To‘lov shartlari: Shartnoma umumiy qiymatining 15% miqdorida bo‘nak (avans) bank kafolati asosida to‘lanadi, qolgan qismi bosqichma-bosqich (30% va 55%) amalga oshiriladi.
- Takliflarni baholash usuli: QCBS (Quality and Cost Based Selection) uslubi — Texnik qism ulushi 70%, Narx qismi ulushi 30%.
- Buyurtmachining mas’ul xodimi: Zafar Amirqulov (E-mail: z.amirqulov@kasbedu.uz).
Norezident tashkilotlar diqqatiga!
Xaridda ishtirok etish uchun platformada ro‘yxatdan o‘tish va elektron tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘mak olish maqsadida:
- Elektron pochta: info@hayotbirja.uz
- Telefon raqami: +998 78 150 03 14
Ushbu aloqa vositalari orqali murojaat qilganingizda, www.xt-xarid.uz elektron savdo platformasining texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassislari sizga ro‘yxatdan o‘tish va takliflarni joylashtirish jarayonlarida amaliy yordam ko‘rsatadilar.
