Oliy ta’lim tashkilotlarida mavjud nashrlarning 400 dan ortiq nusxasi Milliy kutubxona fondiga hadya qilindi
2026-09-09 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim tashkilotlarida so‘nggi o‘n yil davomida nashr etilgan adabiyotlarni jamlash va ularni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondini boyitishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

Mazkur ishlar doirasida 400 dan ortiq nashr nusxasi — monografiyalar, ilmiy to‘plamlar, dissertatsiyalar, o‘quv va badiiy adabiyotlar, ma’lumotnomalar, ilmiy-ommabop nashrlar, albomlar, jurnallar hamda boshqa adabiyotlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga topshirildi.
Ushbu ishlar mamlakatimizning milliy kitob fondini boyitish, ilmiy, o‘quv va badiiy adabiyotlarning yagona axborot makonida jamlanishini ta’minlash hamda kitobxonlar uchun ulardan keng foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.







