Vazirlik tizimida iqtisodiy oʻqish tashkil etildi
2026-09-08 21:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarini rivojlantirish boʻyicha belgilangan tizimli vazifalar hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda uning oʻrinbosarlari faoliyatining 2026-yil uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari — KPIlarning II chorak yakunlari va III chorakda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, samarali va toʻliq bajarilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻquv-amaliy seminarda Kasbiy taʼlim agentligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati faoliyatining muhim samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi, shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari, oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida bajarilishi belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilar oʻrtasida savol-javob va muhokamalar oʻtkazilib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazifalar belgilab berildi.









