O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi
2026-09-07 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Yo‘nalish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:
🗓 Qatnov boshlanishi: 7-sentabrdan
⏰ Harakat vaqti: 07:00 dan 08:00 gacha (ertalabki tig‘iz vaqtda)
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus
🎓 Manzil: avtobuslar talabalarni "Mirzo Ulug'bek" metrosi oldidan O‘zDJTUning har ikkala o‘quv binosiga yetkazadi.
📍 Yo‘nalish:
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.
Nima uchun yangi yo‘nalish tashkil etilmoqda?
Hozirda O‘zDJTU talabalarining katta qismi universitetga borishda “Chilonzor” metro bekatigacha yetib kelib, undan keyin avtobuslarga o‘tadi. Natijada ertalabki tig‘iz vaqtda ushbu yo‘nalishdagi jamoat transportlarida yo‘lovchilar oqimi ortishi sababli yuklama oshadi.
Yangi vaqtinchalik yo‘nalish orqali talabalar “Mirzo Ulug‘bek” metro bekatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetgacha avtobusda yetib borishlari mumkin bo‘ladi.
Bu talabalarning ertalabki tig‘iz vaqtda universitetga tezroq va qulayroq yetib borishiga, shu bilan birga “Chilonzor” metrosi va unga tutash jamoat transporti yo‘nalishlaridagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.
Eslatma: Mazkur avtobuslar faqat ertalabki tig‘iz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi.
