TA’LIM KREDITI: FOIZ, KAFILLIK VA ARIZA TOPSHIRISH TARTIBI
2026-09-03 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari

❓ Ta’lim kreditining foiz stavkasi qancha?
🧑🏻🎓 Yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida.
👩🏻🎓 Qizlar uchun — foizsiz ta’lim krediti.
📌 Hozirda Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foizni tashkil etadi.
❓ Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarsa, kredit foizi ham o‘zgaradimi?
✅Asosiy stavka pasaysa, ta’lim krediti foizi ham pasayadi.
✅Asosiy stavka oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi oshirilmaydi.
❓ Ta’lim krediti qachondan qaytariladi?
✅Asosiy qarzni qaytarish o‘qish muddati tugaganidan keyingi yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida amalga oshiriladi.
❓ Kafillik talab etiladimi?
✅ Kredit qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha kafilning tegishli hujjatlari talab qilinadi.
📌 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
❓ Ta’lim krediti olish uchun qanday hujjatlar kerak?
— ariza;
— talaba va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi;
— kredit qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha hujjatlar;
— zarur hollarda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
— bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlar.
❓ Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
✅ Ariza 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
❓ Ta’lim krediti uchun qayerdan ariza berish mumkin?
✅Arizani onlayn tarzda:
1) Ta’lim krediti axborot tizimi orqali yoki
2) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish mumkin.
📌 Ta’lim krediti bo‘yicha barcha muhim ma’lumotlarni bilib oling va huquqlaringizdan to‘g‘ri foydalaning!
