Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2026-08-27 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Samarqand shahrida aholi va yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, talab yuqori bo‘lgan kasblar, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, shuningdek, moliyaviy ko‘mak hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari taqdim etildi.
Yarmarka doirasida “Ishga marhamat” ko‘rgazmasi, “Kasblar akademiyasi”, “Biznes laboratoriya”, “Motivatsiya maydoni”, yoshlar startap g‘oyalari taqdimoti hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Markaziy bank, Milliy bank, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
