Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi
2026-08-27 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur himoya Termiz davlat universiteti uchun alohida ahamiyatga ega. Ilk bor xorijiy oliy ta’lim muassasasining ilmiy rahbarlari — Myunster universiteti professori Silvia Royvekamp va Vuppertal universiteti professori Matias Martines Termiz davlat universitetiga tashrif buyurib, doktorlik dissertatsiyasi himoyasida bevosita ishtirok etdilar.
Ma’lumot uchun: Myunster universiteti dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lib, 2026-yilgi xalqaro reytinglarda THE World University Rankings’da 195-o‘rin, QS World University Rankings’da 370-o‘rin, ARWU reytingida esa 151–200-o‘rinlar oralig‘idan joy olgan.
Ushbu yutuq — Sanjar Islomovning shaxsiy muvaffaqiyati bilan bir qatorda, Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston ilm-fani uchun ham katta faxr!
Sanjar Ro‘ziqulovich Islomovni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan chin dildan muborakbod etamiz!


