Yangi talabalar turar joyi — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi
2026-08-24 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yili oldidan munosib tuhfa bo‘ldi.

Yangi 5 qavatli obyektning loyiha qiymati 32 milliard so‘mni tashkil etadi. Binoda talabalarning yashashi, ta’lim olishi va dam olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Endilikda, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tarkibida 1 ta davlat va 3 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, yangi binoning foydalanishga topshirilishi natijasida ularning umumiy sig‘imi 1900 o‘ringa yetdi. Universitet hududidagi navbatdagi talabalar turar joyi — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.


