Vazir Webster universitetining yangi kampusi qurilishi bilan tanishdi
2026-08-21 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Vazir qurilish ishlarining bugungi holati, yangi o‘quv binosi va talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Qayd etilishicha, hukumat qarori asosida universitet ehtiyojlari uchun 20 gektar yer maydoni ajratilgan. Mazkur hududda 4 800 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi hamda 500 o‘rinli talabalar turar joyi bunyod etilmoqda.
Tanishuv davomida yangi kampusda zamonaviy va xalqaro standartlarga mos ta’lim infratuzilmasini yaratish, qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov mas’ullarga qurilish ishlarini yuqori sifatda olib borish, yaratilayotgan infratuzilmaning talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy hamda qulay bo‘lishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.









