Vazir “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yangi kampusi qurilishi bilan tanishdi
2026-08-21 17:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida vazir hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilish jarayonining bugungi holati hamda loyiha doirasida barpo etilayotgan obyektlar bilan yaqindan tanishdi.
Hozirda 50 gektar maydonda 16 ta zamonaviy binodan iborat yangi kampus qurilib, bunyodkorlik ishlari uch bosqichda amalga oshirilmoqda.
Kampus tarkibida muhandislik, menejment, tabiiy fanlar, tibbiyot, raqamli texnologiyalar va agrotexnologiyalar maktablari, ilgʻor texnik tadqiqotlar instituti, innovatsion texnopark, sanoat va texnologiyalar xabi, maʼmuriy bino, tibbiyot markazi, talabalar turar joylari, sport majmuasi, suzish havzasi hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari barpo qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrif davomida yangi kampus qurilishini belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash, obyektlarni sifatli foydalanishga topshirish hamda xalqaro standartlarga mos zamonaviy taʼlim va ilmiy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Vazir tomonidan qurilish jarayonini jadallashtirish va belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.









