Soʻx tumani yoshlari uchun ajratilgan maqsadli davlat grantlari yuzasidan rasmiy munosabat
2026-08-16 15:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu masala yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ-258-son qarori bilan 2026–2028-yillarda Soʻx tumanida soʻnggi ikki yil davomida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun har yili 200 ta davlat granti asosidagi maqsadli qabul oʻrinlari ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur qarorda ushbu maqsadli qabul oʻrinlarini oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha belgilash vazifasi nazarda tutilgan.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan Soʻx tumanining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoji oʻrganilib, 2026/2027-oʻquv yili uchun ajratiladigan 200 ta qoʻshimcha davlat granti asosidagi maqsadli qabul koʻrsatkichlarini oliy taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimlash boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu takliflar Fargʻona viloyati hokimligining 2026-yil 27-iyuldagi 06-07/9584-son xati bilan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritilgan.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining 2026-yil 5-avgustdagi 67-3-sonli bayoni bilan Soʻx tumani yoshlari uchun 2026/2027-oʻquv yilida ajratiladigan qoʻshimcha davlat granti asosidagi maqsadli qabul koʻrsatkichlarining oliy taʼlim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.
Muhim jihat: davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 200 ta maqsadli qabul oʻrnining oliy taʼlim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan kiritilgan taklif bilan bir xil.
Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda keltirilayotgan “200 ta kvota keyinchalik boshqa tarzda taqsimlangan” yoki “kvotalar kimningdir manfaatidan kelib chiqib oʻzgartirilgan” mazmunidagi xulosalar amaldagi rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmaydi.
Shu bilan birga, maqsadli qabul parametrlarini shakllantirishda asosiy mezon sifatida Soʻx tumanidagi oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoj inobatga olingan.
Davlat granti asosidagi maqsadli qabul parametrlari tegishli vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilib, davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan jamoatchilikni rasmiy hujjatlarga tayanmagan holda turli taxmin va xulosalar tarqatmaslikka chaqiramiz.
Soʻx yoshlari uchun ajratilgan 200 ta davlat granti — yoshlarning oliy maʼlumot olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim qoʻllab-quvvatlash chorasi boʻlib, mazkur imkoniyatdan foydal
