Karyera markazi boshligʻi kasbiy standarti
2026-08-19 09:45:00 / E’lonlar

I. Umumiy maʼlumotlar
1. Kasbiy standartning qoʻllanilish sohasi: Ushbu kasbiy standart oliy ta'lim tashkilotlarining Karyera markazi boshligʻi lavozimida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalariga, bilim, ko'nikma, malaka darajasi, mehnat funksiyalari hamda mehnat natijalariga qo'yiladigan minimal talablarni belgilaydi.
Kasbiy standart quyidagi maqsadlarda qo'llaniladi:
- oliy ta'lim tashkilotlarida Karyera markazi boshligʻi lavozimi bo'yicha malaka talablarini belgilash;
- xodimlarni tanlash, ishga qabul qilish, attestatsiyadan o'tkazish va lavozimga tayinlash;
- kasbiy malakalarni mustaqil baholashni tashkil etish;
- oliy ta'limning bakalavriat, magistratura hamda malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- ta'lim dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg'unlashtirish;
- oliy ta'lim tashkilotlari va ish beruvchilar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
- bitiruvchilarning bandligini monitoring qilish hamda karyera xizmatlarini tashkil etish;
- inson resurslarini boshqarish, mehnat faoliyatini baholash va kasbiy rivojlanishni rejalashtirish jarayonlarida foydalanish.
Mazkur kasbiy standart davlat va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari, xorijiy oliy ta'lim muassasalari filiallari, karyera markazlari, bandlik xizmatlari, malaka baholash markazlari hamda karyera xizmatlarini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarga tatbiq etiladi.
2. Ushbu Kasbiy standartda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
Bitiruvchilarning bandligi — oliy ta'lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilarning egallagan mutaxassisligi yoki kasbiy kompetensiyalariga mos ish bilan ta'minlanganlik darajasi.
- — shaxsning kasbiy faoliyati davomida egallagan lavozimlari, kompetensiyalari, malakalari va kasbiy rivojlanish bosqichlarining uzluksiz rivojlanish jarayoni.
Karyera markazi — talabalarning kasbiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, amaliyotlarni tashkil etish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, bitiruvchilar bandligini monitoring qilish hamda karyera xizmatlarini ko'rsatishga ixtisoslashgan tarkibiy bo'linma.
Karyera maslahati — talabaning qobiliyati, kompetensiyasi, qiziqishi va mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy rivojlanish bo'yicha tavsiyalar berish jarayoni.
Bandlik monitoringi — bitiruvchilarning ishga joylashish holati, ish beruvchilar talabi hamda mehnat bozori ko'rsatkichlarini muntazam kuzatish va tahlil qilish.
Ish beruvchi — mehnat qonunchiligiga muvofiq xodim bilan mehnat shartnomasi tuzuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Amaliyot (internship) — talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan integratsiyalashga qaratilgan ishlab chiqarish, malakaviy yoki kasbiy amaliyot.
Dual ta'lim — ta'lim tashkiloti hamda ish beruvchi korxonalarda nazariya va amaliyotni uyg'unlashtirgan holda tashkil etiladigan ta'lim shakli.
Ish beruvchilar kengashi — oliy ta'lim tashkiloti bilan hamkorlik qiluvchi korxona va tashkilotlar vakillaridan iborat maslahat organi.
Soft skills — muloqot, liderlik, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, muammo yechish, vaqtni boshqarish, muzokara olib borish, moslashuvchanlik va boshqa universal kompetensiyalar.
- — bitiruvchining mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishi hamda ishga joylashish imkoniyatini belgilovchi bilim, ko'nikma va kompetensiyalar majmui.
- — oliy ta'lim tashkiloti bitiruvchilari hamjamiyati.
- — shaxsning muayyan mehnat vazifalarini mustaqil, samarali va sifatli bajarish uchun zarur bilim, ko'nikma, mahorat va amaliy tajribani qo'llay olish qobiliyati.
Kasbiy standart — muayyan kasbiy faoliyat turi bo'yicha xodimning bilimlari, ko'nikmalari, malaka darajasi, mehnat funksiyalari, mehnat natijalari hamda kasbiy kompetensiyalariga qo'yiladigan minimal talablarni belgilovchi normativ hujjat.
Milliy malaka tizimi — mehnat bozori ehtiyojlari hamda ta'lim tizimi o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni ta'minlovchi huquqiy, tashkiliy va institutsional mexanizmlar majmui.
Milliy malakalar ramkasi — malaka darajalari bo'yicha bilim, ko'nikma, mas'uliyat va mustaqillik ko'rsatkichlarini belgilovchi tizim.
3. Kasbiy standartni ishlab chiqishga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar:
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi 637-son qonuni;
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi 901-son qonuni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil
30-sentabr PQ-345-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2008-yil 7-avgust 173-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Magistratura toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 2015-yil 2-mart 36-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil
24-avgust 275-son qarori;
OʻzMSt 641:2025 Mashgʻulotlarning milliy klassifikatori (MMK-2025);
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi;
Ta'lim va fan sohasining tarmoq malaka ramkasi;
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining karyera xizmatlarini tashkil etishga oid me'yoriy hujjatlari.
4. Ushbu Kasbiy standartda quyidagi qisqartirishlar qoʻllaniladi:
IFUT— Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi
MMK — Mashgʻulotlarning milliy klassifikatori
MMR — Milliy malakalar ramkasi
TMR — Tarmoq malaka ramkasi
HR — Inson resurslarini boshqarish (Human Resources)
CRM — Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish axborot tizimi (Customer Relationship Management)
KPI — Asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari (Key Performance Indicators)
AI — Sun'iy intellekt (Artificial Intelligence)
LMS — Ta'limni boshqarish axborot tizimi (Learning Management System)
ATS — Nomzodlarni boshqarish tizimi (Applicant Tracking System)
II. Kasbiy standartning pasporti
|
1. |
Kasbiy standartning nomi: |
Karyera markazi boshligʻi |
|
|
2. |
Kasbiy faoliyatning asosiy maqsadi: |
Oliy ta'lim tashkilotida Karyera markazi faoliyatiga rahbarlik qilish, talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta'minlash, ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish, amaliyotlar va bandlik monitoringini tashkil etish hamda karyera xizmatlarini zamonaviy boshqaruv va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish. Ushbu lavozim strategik rejalashtirish, ish beruvchilar bilan aloqalarni rivojlantirish, bitiruvchilar bandligini monitoring qilish, karyera xizmatlarini boshqarish va mehnat bozori tahlilini amalga oshirishni o'z ichiga oladi. |
|
|
3. |
IFUT boʻyicha seksiya, boʻlim, guruh, sinf va kichik sinf: |
Q Seksiyasi: Taʼlim 85 Taʼlim 85.4 Oliy taʼlim 85.40 Oliy taʼlim 85.40.0 Oliy taʼlim |
|
|
4. |
Kasbiy standartning qisqacha mazmuni: |
Karyera markazi boshligʻi oliy ta'lim tashkilotida karyera xizmatlarini strategik rejalashtiradi, tashkil etadi va boshqaradi. Talabalar hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlash, ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarni muvofiqlashtirish, bitiruvchilar bandligi monitoringini yuritish, mehnat bozori tahlilini amalga oshirish, karyera forumlari, vakansiyalar yarmarkalari va "Career Day" tadbirlarini tashkil etish, karyera bo'yicha maslahat xizmatlarini yo'lga qo'yish, Alumni tizimini rivojlantirish, raqamli karyera platformalaridan foydalanish hamda faoliyat samaradorligini KPI asosida baholashni ta'minlaydi. Shuningdek, markaz faoliyatini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg'unlashtirish va ta'lim dasturlarini ish beruvchilar talablari asosida takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi. |
|
|
5. |
Qamrab olingan kasblar roʻyxati va malaka darajasi: |
Kasblar kodi va nomi:
|
TMR dagi malaka darajasi: |
|
Karyera markazi boshligʻi |
7 |
||
|
Karyera markazi menejerlari |
6 |
||
|
Amaliyotlar koordinatori |
6 |
||
|
Bitiruvchilar bandligi bo‘yicha mutaxassis |
6 |
||
III. Kasbiy faoliyat turining funksional xaritasi
|
Kasblar |
Mehnat funksiyalari |
Mehnat vazifalari |
|||
|
T/r |
kodi va nomi |
Kodi |
Nomi |
Kodi |
Nomi |
|
1 |
Karyera markazi boshligʻi |
A1.7 |
A1.7. Karyera markazi faoliyatini strategik boshqarish va rivojlantirish |
A1.01.7 |
Karyera markazining strategik rivojlanish konsepsiyasi, yillik va istiqbolli ish rejalarini ishlab chiqish. |
|
A1.02.7 |
Markaz faoliyatini tashkil etish, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini boshqarish. |
||||
|
A1.03.7 |
Karyera markazi faoliyati bo‘yicha ichki me'yoriy hujjatlar, reglamentlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqish hamda joriy etish. |
||||
|
A1.04.7 |
Faoliyat samaradorligini KPI va boshqa ko‘rsatkichlar asosida monitoring qilish, tahlil qilish va hisobotlarni tayyorlash. |
||||
|
A2.7 |
Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishi hamda bandligini ta'minlash |
A2.01.7 |
Talabalar va bitiruvchilarga karyera bo‘yicha individual va guruhiy maslahat xizmatlarini tashkil etish. |
||
|
A2.02.7 |
Talabalar amaliyoti (malakaviy, ishlab chiqarish, dual ta'lim)ni tashkil etish va muvofiqlashtirish. |
||||
|
A2.03.7 |
Bitiruvchilarning bandligi monitoringini tashkil etish, tahlil qilish va prognozlash. |
||||
|
A2.04.7 |
Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan trening, seminar va master-klasslarni tashkil etish. |
||||
|
2 |
Karyera markazi boshligʻi |
B1.7 |
Ish beruvchilar bilan hamkorlik va mehnat bozori integratsiyasini rivojlantirish |
B1.01.7 |
Ish beruvchilar, davlat organlari va tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish. |
|
B1.02.7 |
Vakansiyalar bazasini shakllantirish va yangilab borish, mehnat bozori ehtiyojlarini tahlil qilish. |
||||
|
B1.03.7 |
"Career Day", bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, uchrashuvlar va forumlarni tashkil etish. |
||||
|
B1.04.7 |
Alumni (bitiruvchilar) tizimini rivojlantirish va mentorlik dasturlarini tashkil etish. |
||||
|
B2.7 |
Raqamli karyera xizmatlari va sifat menejmentini rivojlantirish |
B2.01.7 |
Karyera xizmatlarini raqamlashtirish, elektron platformalar va axborot tizimlarini joriy etish. |
||
|
B2.02.7 |
Karyera markazi faoliyatida sun'iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishni tashkil etish. |
||||
|
B2.03.7 |
Karyera markazi faoliyati sifatini ichki monitoring qilish, risklarni boshqarish va doimiy takomillashtirish choralarini ishlab chiqish. |
||||
|
B2.04.7 |
Mahalliy va xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish hamda ilg‘or tajribalarni joriy etish. |
||||
IV. Kasblar xaritasi va mehnat funksiyalari tavsifi
| Kasbning nomi |
Karyera markazi boshligʻi |
|||
|
Mashgʻulot nomining kodi: |
|
|||
|
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
7 |
|||
|
Malakani baholashga qoʻyilgan talablar: |
Tavsiya etilmaydi |
|||
|
Amaliy tajriba (ish staji)ga qoʻyilgan talablar |
Oliy ta'lim, karyera xizmatlari, bandlik, inson resurslarini boshqarish, ta'lim boshqaruvi yoki shunga turdosh sohalarda kamida 5 yil ish stajiga, shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lishi tavsiya etiladi. |
|||
|
Layoqatiga va shaxsiy kompetensiyalarga qoʻyilgan talablar |
strategik va tizimli fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish, rahbarlik va jamoani samarali boshqarish kompetensiyasiga ega bo‘lish, mas'uliyatli, halol va xolis qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lish,samarali muloqot qilish, muzokaralar olib borish va taqdimot o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lish,ish beruvchilar, davlat organlari, ta'lim muassasalari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olish,tahliliy va tanqidiy fikrlash, muammolarni aniqlash hamda ularning yechimlarini ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lish,tashabbuskorlik, innovatsion yondashuv va o‘zgarishlarni boshqarish kompetensiyasiga ega bo‘lish,talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan mijozga yo‘naltirilgan (student-centered) yondashuvni qo‘llay olish,mehnat bozori tendensiyalarini tahlil qilish va prognozlash qobiliyatiga ega bo‘lish,zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli platformalar va sun'iy intellekt vositalaridan kasbiy faoliyatda samarali foydalana olish,vaqtni samarali boshqarish, ustuvor vazifalarni belgilash va natijaga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil eta olish,stressga bardoshlilik, moslashuvchanlik va nizolarni konstruktiv hal etish qobiliyatiga ega bo‘lish,kasbiy etika, xizmat odobi, korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari hamda maxfiylik talablariga qat'iy rioya etish, o‘z kasbiy malakasini muntazam oshirib borish va uzluksiz kasbiy rivojlanishga intilish. |
|||
|
Taʼlim darajasiga qoʻyilgan talablar: |
magistratura; yuqori darajadagi qoʻshimcha taʼlim (internatura, ordinatura, biznes boshqaruvi, davlat boshqaruvi va boshqa xalqaro tan olingan taʼlim); mutaxassislik (spetsialitet); bakalavriat va amaliy tajriba; |
|||
|
Informal taʼlim bilan bogʻliqligi: |
Karyera boshqaruvi, HR, liderlik, loyiha boshqaruvi, mehnat bozori tahlili, mentorlik, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt bo‘yicha informal hamda noformal ta'lim orqali olingan kompetensiyalar malakani baholash tizimi orqali tan olinishi mumkin. |
|||
|
Kasbiy standartlar reyestrida mavjudligi: |
- |
|||
|
Kasbning boshqa mumkin boʻlgan nomlari: |
Karyera markazi direktori* Karyera xizmatlari boshlig‘i Karyera va bandlik markazi boshlig‘i Talabalar va bitiruvchilar bandligini ta'minlash markazi boshlig‘i Karyera va ish beruvchilar bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Career Center Manager (xalqaro amaliyotda) Head of Career Center (xalqaro amaliyotda) |
|||
|
Boshqa kasblar bilan aloqadorligi: |
TMR boʻyicha malaka darajasi: |
Kasbning nomi: |
||
|
7 |
Oliy ta'lim tashkiloti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori |
|||
|
7 |
Fakultet dekani; |
|||
|
7 |
Dekan o‘rinbosari |
|||
|
7 |
Amaliyot (stajirovka) koordinatori |
|||
|
7 |
Akademik mobillik koordinatori |
|||
|
7 |
Bitiruvchilar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis (Alumni koordinatori) |
|||
|
7 |
Inson resurslarini boshqarish (HR) mutaxassisi |
|||
|
7 |
Bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassisi |
|||
|
7 |
Psixolog |
|||
|
7 |
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i |
|||
|
6 |
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi mutaxassisi |
|||
|
7 |
Ish beruvchi (korxona)ning HR menejeri |
|||
|
Mehnat funksiyalarining tavsifi |
||||
|
Kodi va nomi |
Mehnat vazifalari |
|||
|
A1.7-Karyera markazi faoliyatini strategik boshqarish va rivojlantirish |
A1.01.7- Karyera markazi faoliyatini strategik boshqarish va rivojlantirish |
Oʻqitish natijalari |
||
|
Mehnat harakatlari: |
||||
|
1. Karyera markazining missiyasi, maqsadlari va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish. |
||||
|
2. Markazning yillik, choraklik va istiqbolli ish rejalarini tayyorlash hamda tasdiqlash uchun kiritish. |
||||
|
3. Markaz faoliyatini tashkil etish va boshqarish. |
||||
|
4. Xodimlarning xizmat vazifalarini belgilash va ularning ijrosini muvofiqlashtirish.. |
||||
|
5. Markaz faoliyati bo‘yicha ichki tartib-qoidalar, reglamentlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqish. |
||||
|
6. Faoliyat samaradorligini baholash mezonlari (KPI)ni ishlab chiqish va joriy etish. |
||||
|
7. Markaz faoliyatining natijadorligini muntazam monitoring qilish va tahlil etish. |
||||
|
8. Karyera xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish. |
||||
|
9. Mehnat bozori, ish beruvchilar va taʼlim tizimidagi tendensiyalarni tahlil qilish. |
||||
|
10. Karyera markazi faoliyatini raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish. |
||||
|
11. Oliy taʼlim tashkiloti rahbariyatiga tahliliy maʼlumotlar, axborotlar va hisobotlarni tayyorlash hamda taqdim etish. |
||||
|
12. Karyera markazi faoliyati bo‘yicha ichki va tashqi auditlarga tayyorgarlik ko‘rish. |
||||
|
13. Faoliyat davomida aniqlangan xavf va muammolarni baholash hamda ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish. |
||||
|
14. Davlat organlari, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan strategik hamkorlikni rivojlantirish. |
||||
|
15. Xodimlarning kasbiy rivojlanishini rejalashtirish va malakasini oshirishga ko‘maklashish. |
||||
|
16. Karyera markazining faoliyati yuzasidan yillik yakuniy hisobot va rivojlanish dasturini ishlab chiqish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
karyera markazi faoliyatini strategik rejalashtirish va boshqarish; |
||||
|
markazning yillik, istiqbolli va operatsion ish rejalarini ishlab chiqish; |
||||
|
karyera xizmatlarini mehnat bozori ehtiyojlari asosida tashkil etish va takomillashtirish; |
||||
|
jamoa faoliyatini samarali boshqarish, vazifalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish; |
||||
|
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish; |
||||
|
faoliyat samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI)ni ishlab chiqish, monitoring qilish va tahlil etish; |
||||
|
statistik va analitik ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash hamda tahliliy hisobotlar tayyorlash; |
||||
|
mehnat bozori, ish beruvchilar ehtiyojlari va bitiruvchilar bandligi bo‘yicha tahlillar o‘tkazish; |
||||
|
oliy ta'lim tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari, davlat organlari, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; |
||||
|
muzokaralar olib borish, xizmat yozishmalari va rasmiy hujjatlarni tayyorlash; |
||||
|
karyera forumlari, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, seminarlar va boshqa tadbirlarni rejalashtirish hamda tashkil etish; |
||||
|
ichki me'yoriy hujjatlar, reglamentlar va metodik materiallarni ishlab chiqish; |
||||
|
loyiha boshqaruvi tamoyillarini amaliyotda qo‘llash; |
||||
|
risklarni aniqlash, baholash va ularni boshqarish choralarini ishlab chiqish; |
||||
|
raqamli platformalar, elektron ma'lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan samarali foydalanish; |
||||
|
sun'iy intellekt vositalari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni karyera xizmatlari faoliyatiga joriy etish; |
||||
|
Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint), elektron hujjat aylanishi tizimlari va ma'lumotlarni tahlil qilish vositalaridan foydalanish; |
||||
|
taqdimotlar tayyorlash va ommaviy chiqishlar qilish; |
||||
|
xodimlarning kasbiy rivojlanishini rejalashtirish va mentorlik faoliyatini tashkil etish; |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
karyera xizmatlarini tashkil etish, bitiruvchilar bandligini ta'minlash va ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tamoyillarini; |
||||
|
strategik boshqaruv, strategik rejalashtirish va tashkilotni rivojlantirish usullarini; |
||||
|
zamonaviy boshqaruv nazariyasi, liderlik va inson resurslarini boshqarish (HRM) asoslarini; |
||||
|
loyiha boshqaruvi, sifat menejmenti va risklarni boshqarish tamoyillarini; |
||||
|
mehnat bozori rivojlanish tendensiyalari, kasblar evolyutsiyasi va ish beruvchilarning malaka talablarini; |
||||
|
bitiruvchilar bandligini monitoring qilish, statistik ma'lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va prognozlash usullarini; |
||||
|
karyera konsaltingi, kasbiy yo‘naltirish va mentorlik metodlarini; |
||||
|
ichki me'yoriy hujjatlar, reglamentlar va xizmat hujjatlarini ishlab chiqish tartibini; |
||||
|
rasmiy yozishmalarni yuritish, boshqaruv hisobotlarini tayyorlash va taqdim etish tartibini; |
||||
|
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hujjat aylanishi tizimlari va ma'lumotlar bazalari bilan ishlash asoslarini; |
||||
|
Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) hamda boshqa ofis dasturlaridan professional foydalanish imkoniyatlarini; |
||||
|
karyera xizmatlarida qo‘llaniladigan CRM, LMS, ATS va boshqa raqamli platformalarning ishlash tamoyillarini; |
||||
|
sun'iy intellekt (AI), Business Intelligence (BI) va Data Analytics vositalaridan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanish imkoniyatlarini; |
||||
|
korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat etikasi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat axborotining maxfiyligini ta'minlash talablarini; |
||||
|
mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, texnika va axborot xavfsizligi bo‘yicha amaldagi talablarni; |
||||
|
xalqaro tajribalar, zamonaviy karyera markazlari faoliyati modellari hamda bitiruvchilarning ishga joylashuvini ta'minlash bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni. |
||||
|
Masʼuliyat va mustaqillik |
Karyera markazi faoliyatini strategik rejalashtirish va belgilangan maqsadlarga erishish uchun shaxsan javob beradi. |
|||
|
Mehnat funksiyalarini mustaqil tashkil etadi, boshqaruv qarorlarini o‘z vakolati doirasida qabul qiladi va ularning ijrosini ta'minlaydi. |
||||
|
Markaz faoliyatining samaradorligi, bitiruvchilar bandligi, hisobotlarning ishonchliligi hamda me'yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishi uchun mas'ul hisoblanadi. |
||||
|
Xodimlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi va ish natijalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. |
||||
|
Davlat organlari, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni belgilangan vakolatlar doirasida mustaqil amalga oshiradi. |
||||
|
Xizmat etikasi, axborot maxfiyligi, korrupsiyaga qarshi kurashish va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi uchun javob beradi. |
||||
|
A1.02.7- Karyera markazi faoliyatini tashkil etish va xodimlar faoliyatini boshqarish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Karyera markazi faoliyatini tasdiqlangan nizom, strategik maqsadlar va yillik ish rejalari asosida tashkil etish. |
||||
|
2. Karyera markazi xodimlarining xizmat vazifalari va funksional majburiyatlarini belgilash hamda ularning ijrosini muvofiqlashtirish. |
||||
|
3. Xodimlar faoliyatini rejalashtirish, vazifalarni oqilona taqsimlash va ijro intizomini nazorat qilish. |
||||
|
4. Karyera markazi faoliyatining uzluksiz va samarali ishlashini ta'minlash uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish. |
||||
|
5. Xodimlarning kasbiy rivojlanishi, malakasini oshirish va kompetensiyalarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish. |
||||
|
6. Karyera markazi faoliyatida mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartibi va xizmat etikasi talablariga rioya etilishini ta'minlash. |
||||
|
7. Oliy ta'lim tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirish. |
||||
|
8. Markaz faoliyati bo‘yicha yig‘ilishlar, xizmat uchrashuvlari va ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish hamda boshqarish. |
||||
|
9. Karyera markazi faoliyatida zamonaviy boshqaruv usullari, raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarini joriy etish hamda ulardan samarali foydalanishni ta'minlash. |
||||
|
10. Markaz faoliyati yuzasidan rahbariyat uchun tahliliy ma'lumotlar, hisobotlar va takliflarni tayyorlash hamda taqdim etish. |
||||
|
11. Karyera markazi faoliyatini muntazam tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Karyera markazi faoliyatini samarali rejalashtirish va tashkil etish. |
||||
|
Xodimlar faoliyatini boshqarish, vazifalarni taqsimlash va muvofiqlashtirish. |
||||
|
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish. |
||||
|
Jamoani shakllantirish, motivatsiya qilish va liderlik ko‘nikmalarini qo‘llash. |
||||
|
Xodimlar faoliyatini baholash hamda ularning kasbiy rivojlanishini tashkil etish. |
||||
|
Mehnat qonunchiligi, xizmat etikasi va ichki mehnat tartibi talablarini amaliyotga tatbiq etish. |
||||
|
Oliy ta'lim tashkilotining tarkibiy bo‘linmalari hamda tashqi manfaatdor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
||||
|
Muzokaralar olib borish, ishchi uchrashuvlar va yig‘ilishlarni samarali tashkil etish. |
||||
|
Mehnat jarayonlarini optimallashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha boshqaruv usullarini qo‘llash. |
||||
|
Muammolarni tahlil qilish, xavflarni baholash va ularni boshqarish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish. |
||||
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hujjat aylanishi tizimlari va boshqaruv axborot tizimlaridan samarali foydalanish. |
||||
|
Faoliyat natijalarini monitoring qilish, statistik ma'lumotlarni tahlil etish va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash. |
||||
|
Raqamli boshqaruv vositalari, sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlili texnologiyalarini boshqaruv faoliyatida qo‘llash. |
||||
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat odobi va axborot maxfiyligi talablariga rioya etgan holda boshqaruv faoliyatini amalga oshirish. |
||||
|
O‘zgarishlarni boshqarish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda Karyera markazi faoliyatini uzluksiz takomillashtirish. |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Karyera markazlari faoliyatini tashkil etish, boshqarish va rivojlantirishning zamonaviy tamoyillari. |
||||
|
Strategik va operatsion boshqaruv, tashkilotni rivojlantirish hamda liderlik asoslari. |
||||
|
Inson resurslarini boshqarish (HRM), xodimlarni tanlash, baholash, motivatsiya qilish va kasbiy rivojlantirish usullari. |
||||
|
Karyera xizmatlarini tashkil etish, bitiruvchilar bandligini ta'minlash, ish beruvchilar bilan hamkorlik va mehnat bozori tahlili metodlari. |
||||
|
Boshqaruv hujjatlarini yuritish, rasmiy yozishmalarni tashkil etish hamda hisobotlarni tayyorlash tartibi. |
||||
|
Faoliyat samaradorligini baholash (KPI), monitoring, statistika va tahliliy hisobotlarni shakllantirish usullari. |
||||
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hujjat aylanishi tizimlari, Microsoft Office dasturlari hamda karyera xizmatlarida qoʻllaniladigan raqamli platformalar. |
||||
|
Mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi, axborot xavfsizligi, korrupsiyaga qarshi kurashish va xizmat etikasi talablari. |
||||
|
Xalqaro tajribalar, karyera markazlari faoliyatining ilgʻor modellari hamda zamonaviy boshqaruv va raqamli transformatsiya yondashuvlari. |
||||
|
Karyera markazlari faoliyatini tashkil etish, boshqarish va rivojlantirishning zamonaviy tamoyillari. |
||||
|
A1.03.7- Karyera markazi faoliyatini me'yoriy-uslubiy ta'minlash va sifat menejmentini tashkil etish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Karyera markazi faoliyatini tartibga soluvchi ichki me'yoriy hujjatlar, nizomlar, reglamentlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish. |
||||
|
2. Karyera markazi faoliyatini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etish. |
||||
|
3. Karyera xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va metodik materiallarni ishlab chiqish. |
||||
|
4. Karyera markazi faoliyatining sifat menejmenti tizimini joriy etish va takomillashtirish. |
||||
|
5. Karyera xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari va ish tartiblarini standartlashtirish. |
||||
|
6. Markaz faoliyatida sifat ko‘rsatkichlari (KPI) va baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda joriy etish. |
||||
|
7. Ichki sifat nazorati va o‘z-o‘zini baholash jarayonlarini tashkil etish. |
||||
|
8. Karyera markazi faoliyatini monitoring qilish, aniqlangan kamchiliklarni tahlil etish va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish. |
||||
|
9. Ichki audit va tashqi baholash jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni muvofiqlashtirish. |
||||
|
10. Karyera markazi faoliyati bo‘yicha uslubiy seminarlar, treninglar va maslahatlar tashkil etish. |
||||
|
11. Xodimlarni me'yoriy-uslubiy hujjatlar bilan tanishtirish va ularning ijrosini nazorat qilish. |
||||
|
12. Karyera xizmatlarini tashkil etishda ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish. |
||||
|
13. Karyera markazi faoliyatiga oid statistik ma'lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish. |
||||
|
14. Faoliyat natijalari bo‘yicha tahliliy ma'lumotlar, uslubiy xulosalar va takliflar tayyorlash. |
||||
|
15. Karyera markazi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat etikasi va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralarini tashkil etish. |
||||
|
16. Raqamli boshqaruv tizimlari va elektron hujjat aylanishi vositalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda takomillashtirish. |
||||
|
17. Karyera markazi faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish choralarini ishlab chiqish. |
||||
|
18. Faoliyat sifatini uzluksiz takomillashtirish bo‘yicha innovatsion tashabbuslar va rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish. |
||||
|
19. Karyera markazi faoliyatining me'yoriy-uslubiy ta'minoti va sifat menejmenti yuzasidan rahbariyat uchun hisobotlar hamda takliflar tayyorlash. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Karyera markazi faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy va ichki me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish. |
||||
|
Karyera xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy hujjatlar, reglamentlar va standart operatsion tartiblarni (SOP) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
||||
|
Sifat menejmenti tizimini rejalashtirish, joriy etish va uning samaradorligini ta'minlash. |
||||
|
Faoliyat jarayonlari va xizmatlar sifatini monitoring qilish, baholash hamda takomillashtirish choralarini ishlab chiqish. |
||||
|
Ichki audit, o‘z-o‘zini baholash va sifat nazorati jarayonlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish. |
||||
|
Faoliyat samaradorligini baholash mezonlari (KPI)ni ishlab chiqish, natijalarni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llash. |
||||
|
Statistik ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va analitik hisobotlar tayyorlash. |
||||
|
Xodimlarga me'yoriy-uslubiy hujjatlar yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish, seminar va treninglar tashkil etish. |
||||
|
Raqamli axborot tizimlari, elektron hujjat aylanishi, sifat menejmenti va ma'lumotlar bazalari bilan ishlash. |
||||
|
Xavflarni aniqlash, baholash va sifat menejmenti doirasida profilaktik hamda tuzatuvchi choralarni ishlab chiqish. |
||||
|
Milliy va xalqaro ilg‘or tajribalarni tahlil qilish hamda ularni Karyera markazi faoliyatiga moslashtirib joriy etish. |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Karyera markazi faoliyatini tashkil etish, me'yoriy-uslubiy ta'minlash va boshqarish tamoyillari. |
||||
|
Sifat menejmenti tizimlari, ichki sifat nazorati, monitoring, audit va faoliyatni baholash usullari. |
||||
|
Ichki me'yoriy hujjatlar, nizomlar, reglamentlar, yo'riqnomalar va uslubiy materiallarni ishlab chiqish tartibi. |
||||
|
Faoliyat samaradorligini baholash mezonlari (KPI), indikatorlar, statistik tahlil va analitik hisobotlarni tayyorlash usullari. |
||||
|
Loyiha boshqaruvi, risklarni boshqarish va faoliyatni uzluksiz takomillashtirish (Continuous Improvement) tamoyillari. |
||||
|
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hujjat aylanishi tizimlari va raqamli boshqaruv platformalarining ishlash tamoyillari. |
||||
|
Ma'lumotlar bazalarini yuritish, axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish va maxfiylik talablarini. |
||||
|
Korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat etikasi, manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va xizmat odobi bo'yicha amaldagi talablarni. |
||||
|
Milliy va xalqaro tajribalar, karyera markazlari faoliyatini tashkil etishning ilg'or modellari hamda sifat menejmenti bo'yicha zamonaviy yondashuvlar. |
||||
|
Mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo'yicha amaldagi talablar. |
||||
|
Karyera markazi faoliyatini tashkil etish, me'yoriy-uslubiy ta'minlash va boshqarish tamoyillari. |
||||
|
Sifat menejmenti tizimlari, ichki sifat nazorati, monitoring, audit va faoliyatni baholash usullari. |
||||
|
A1.04.7- Karyera markazi faoliyati samaradorligini monitoring qilish, tahlil etish va rivojlantirish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Karyera markazi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari (KPI) va asosiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish. |
||||
|
2. Karyera markazi faoliyati natijalarini muntazam monitoring qilish va baholash. |
||||
|
3. Talabalar va bitiruvchilarning bandligi, amaliyot o‘tashi hamda karyera xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish. |
||||
|
4. Ish beruvchilar, talabalar va bitiruvchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda xizmatlar sifatini baholash. |
||||
|
5. Monitoring natijalari asosida muammolar, xavf omillari va rivojlantirish ehtiyojlarini aniqlash. |
||||
|
6. Faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish. |
||||
|
7. Karyera markazi faoliyati bo‘yicha statistik ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish. |
||||
|
8. Tahliliy ma'lumotlar asosida davriy va yakuniy hisobotlarni tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish. |
||||
|
9. Karyera markazi faoliyati natijalarini oliy ta'lim tashkilotining strategik maqsad va ko‘rsatkichlari bilan solishtirib baholash. |
||||
|
10. Milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ularni faoliyatni takomillashtirish jarayoniga joriy etish. |
||||
|
11. Raqamli monitoring vositalari, elektron ma'lumotlar bazalari va boshqaruv axborot tizimlaridan samarali foydalanishni tashkil etish. |
||||
|
12. Monitoring va tahlil natijalari asosida ichki me'yoriy hujjatlar hamda ish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. |
||||
|
13. Faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion loyihalar va tashabbuslarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish. |
||||
|
14. Karyera markazi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida manfaatdor tomonlarga zarur axborotlarni taqdim etish. |
||||
|
15. Monitoring va tahlil natijalari asosida Karyera markazi faoliyatini uzluksiz takomillashtirish hamda rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Karyera markazi faoliyati samaradorligini monitoring qilish va baholashni tashkil etish. |
||||
|
Faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KPI) va indikatorlarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash. |
||||
|
Statistik ma'lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish. |
||||
|
Talabalar, bitiruvchilar va ish beruvchilar ehtiyojlari hamda fikr-mulohazalarini tahlil qilish va natijalardan boshqaruv qarorlarida foydalanish. |
||||
|
Tahliliy ma'lumotlar asosida boshqaruv hisobotlari, ma'lumotnomalar va taqdimotlar tayyorlash. |
||||
|
Faoliyat jarayonlaridagi muammolar va xavf omillarini aniqlash, baholash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ishlab chiqish. |
||||
|
Karyera markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha strategik va amaliy takliflarni ishlab chiqish. |
||||
|
Raqamli monitoring vositalari, elektron ma'lumotlar bazalari va boshqaruv axborot tizimlaridan samarali foydalanish. |
||||
|
Business Intelligence (BI), Data Analytics va sun'iy intellekt vositalaridan monitoring hamda tahlil jarayonlarida foydalanish. |
||||
|
Milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish hamda ilg‘or amaliyotlarni Karyera markazi faoliyatiga joriy etish. |
||||
|
Faoliyat natijalarini manfaatdor tomonlarga samarali taqdim etish, muhokama qilish va tavsiyalar ishlab chiqish. |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Oliy ta'lim tashkilotlarida karyera markazlari faoliyatini tashkil etish, monitoring qilish va rivojlantirish tamoyillari. |
||||
|
Faoliyat samaradorligini baholash metodologiyasi, KPI (Key Performance Indicators) va boshqa samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqish hamda qo‘llash usullari. |
||||
|
Monitoring, baholash, statistik kuzatuv va analitik tahlil usullari. |
||||
|
Talabalar, bitiruvchilar va ish beruvchilar bandligini monitoring qilish hamda natijalarni tahlil qilish metodlari. |
||||
|
Statistik ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, vizualizatsiya qilish va tahliliy hisobotlarni tayyorlash usullari. |
||||
|
Strategik rejalashtirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va faoliyatni rivojlantirish mexanizmlari. |
||||
|
Risklarni boshqarish, ichki nazorat va faoliyat sifatini uzluksiz takomillashtirish tamoyillari (Continuous Improvement). |
||||
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hujjat aylanishi tizimlari va raqamli boshqaruv platformalarining ishlash prinsiplari. |
||||
|
Ma'lumotlar bazalari, Business Intelligence (BI), Data Analytics va sun'iy intellekt texnologiyalaridan monitoring hamda tahlil jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari. |
||||
|
Ichki va tashqi hisobotlarni tayyorlash, taqdim etish hamda natijalarni manfaatdor tomonlarga yetkazish tartibi. |
||||
|
Milliy va xalqaro karyera markazlari faoliyatining ilg‘or tajribalari, bitiruvchilar bandligini baholashning zamonaviy yondashuvlari. |
||||
|
Axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish, xizmat etikasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi talablar. |
||||
|
Mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qoidalari. |
||||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
Karyera markazi faoliyati samaradorligini monitoring qilish va baholash jarayonlarini belgilangan tartibda mustaqil tashkil etish hamda natijalari uchun javob berish. |
|||
|
Faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KPI) va indikatorlarini ishlab chiqish, joriy etish hamda ularning ishonchliligini ta'minlash uchun mas'ul bo‘lish. |
||||
|
Monitoring va tahlil natijalari asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha asoslangan takliflarni mustaqil ishlab chiqish. |
||||
|
Statistik va tahliliy ma'lumotlarning to‘g‘riligi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun javob berish. |
||||
|
Faoliyat davomida aniqlangan muammolar va xavf omillarini baholash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni mustaqil belgilash. |
||||
|
Karyera markazi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish uchun javob berish. |
||||
|
Monitoring natijalari yuzasidan rahbariyat, manfaatdor tarkibiy bo‘linmalar va hamkor tashkilotlar bilan axborot almashinuvini tashkil etish hamda hamkorlikni mustaqil amalga oshirish. |
||||
|
Faoliyatni monitoring qilish va tahlil etishda axborot xavfsizligi, maxfiylik, xizmat etikasi va korrupsiyaga qarshi kurashish talablariga rioya etilishi uchun javob berish. |
||||
|
Raqamli monitoring vositalari va axborot tizimlaridan samarali foydalanish hamda ularning natijadorligini oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surishda mustaqillik ko‘rsatish. |
||||
|
Karyera markazi faoliyatini uzluksiz takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va strategik rivojlantirish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish hamda ularning natijalari uchun javob berish. |
||||
|
A2.7. Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishi hamda bandligini ta'minlash |
A2.01.7- Talabalar va bitiruvchilarga karyera yo‘naltirish hamda kasbiy maslahat xizmatlarini tashkil etish |
Mehnat harakatlari: |
||
|
1. Talaba bilan shaxsiy uchrashuvlar, testlar (qiziqish, qobiliyat, temperamen testlari) orqali maslahat berish, natijalarni tahlil qilib, mos kasblar roʻyxatini tavsiya qilish. |
||||
|
2. Har bir yosh guruhiga mos kasblar haqida qisqa maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar: "Men bu kasbni qilaman" rolli oʻyinlar. |
||||
|
3. Turli korxonalar, kasb markazlari |
||||
|
4. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash, mutaxassis bilan birga yoʻl xaritasi tuzish. |
||||
|
5. Bolalarning qiziqishlari, qobiliyatlari |
||||
|
6. Kasblar va mehnat bozoridagi talablar haqida maʼlumot berish, moliyaviy |
||||
|
7. Talabalar, ota-onalar va pedagoglarga psixologik maslahat berish jarayonida taʼlim va rivojlanish resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. |
||||
|
8. Individual maslahat berish usullari, psixologik testlarni oʻqituvchilarga tushuntirish va natijalarni tahlil qilish. |
||||
|
9. Trendlar va yangi kasblar haqida muntazam yangilanishlar, mehnat bozoridagi talablar bilan tanishtirish. |
||||
|
10. Pedagoglarni guruhlarga boʻlib, talabalarga individual maslahat berish tizimini yaratish, tajriba almashish va ish jarayonlarini monitoring qilish. |
||||
|
11. Har bir guruh uchun raqamli platforma yoki portal yaratish, testlar, kasblar roʻyxati, mentorlar bilan bogʻlanish. |
||||
|
12. Talabalarni yoʻnaltirish natijalari va maslahat samaradorligini kuzatish. |
||||
|
13. Taʼlim oluvchilar va ularning yaqinlari hamda pedagoglar oʻrtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Qiziqishlar, qobiliyat va shaxsiy kuchli tomonlarni aniqlash, shaxsiy maqsad |
||||
|
Turli kasblar haqida axborot yigʻish va tahlil qilish, oʻz qobiliyatlariga mos kasblarni tanlash |
||||
|
qisqa va uzoq muddatli kasbiy yoʻlni rejalashtirish, turli variantlar orasidan optimal tanlov qilish |
||||
|
Oʻrganish motivatsiyasini oshirish, vazifalarni rejalashtirish va nazorat qilish |
||||
|
Maslahatchilar, pedagog va ota-onalar bilan samarali suhbat, guruh ishlarida hamkorlik qilish |
||||
|
Talabaning qiziqishlari va qobiliyatlarini tushunish, bolaga ijobiy motivatsiya berish |
||||
|
Kasblar, taʼlim yoʻnalishlari va ish bozorini tahlil qilish, raqamli va anʼanaviy manbalardan axborot olish |
||||
|
Talabaga muvofiq variantlarni tavsiya qilish, qaror qabul qilish jarayonida yordam berish |
||||
|
Talabalar bilan samarali suhbat qilish, pedagoglar bilan hamkorlik qilish |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Shaxsiy qiziqishlar, qobiliyatlar va individual xususiyatlarni aniqlash hamda baholash usullari |
||||
|
Turli kasblar va ularning talablarini bilish, taʼlim yoʻnalishlari va malaka darajalari haqida maʼlumot |
||||
|
Mashhur va dolzarb kasblar, ish bozori tendensiyalari va talablar |
||||
|
Kasb tanlash va shaxsiy rivojlanish strategiyasi, maqsad qoʻyish va rejalashtirish asoslari |
||||
|
Taʼlim olish samaradorligini oshirish, motivatsiyani rivojlantirish va vaqtni boshqarishning psixologik asoslari |
||||
|
Talabaning qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash usullari, psixologik rivojlanish bosqichlari va yosh xususiyatlari |
||||
|
Kasblarning mazmuni, malaka talablari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari |
||||
|
Kasbiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlovchi taʼlim resurslari va axborot manbalari |
||||
|
Talabaga qaror qabul qilish jarayonida yordam berish, uy sharoitida rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash yoʻllari |
||||
|
Turli kasblar va talablar, malaka darajalari, taʼlim va kasb yoʻnalishlari haqida mukammal maʼlumot |
||||
|
A2.02.7- Talabalar amaliyoti, stajirovka va dual ta'lim jarayonlarini muvofiqlashtirish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Talabalarning oʻqish, eʼtibor, eslab qolish va tushunish qobiliyatlarini aniqlash. |
||||
|
2. Talabalar bilan individual suhbatlar oʻtkazish hamda oʻqish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv strategiyalari boʻyicha tavsiyalar berish. |
||||
|
3.Muammoli mavzularni aniqlash va qoʻshimcha darslar rejasini tuzish, talabalarning muvaffaqiyatlarini muntazam kuzatish. |
||||
|
4. Muvaffaqiyatni ragʻbatlantirish tizimini yaratish, yutuqlarni taqdirlash. |
||||
|
5. Baholarni yaxshilash uchun ragʻbat, talaba oʻz kuchini his qilishi uchun kichik vazifalarni belgilash. |
||||
|
6. Talabalarning OTMdagi va auditoriyadagi xatti-harakatlarini kuzatish, muammoli xatti-harakatlarni aniqlash va tahlil qilish. |
||||
|
7. Konfliktlarni boshqarish, ijtimoiy muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish, stressni boshqarish va hissiyotlarni konstruktiv ifodalash boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etish va oʻtkazish. |
||||
|
8. Talaba bilan suhbat va muammoni yechish boʻyicha tavsiyalar, zarur hollarda ota-onalar va pedagoglarni jalb qilish. |
||||
|
9. Ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantirish, talabalarning oʻz-oʻzini nazorat qilish koʻnikmalarini oshirish. |
||||
|
10. Zoʻravonlik, oilaviy muammolar, kutilmagan voqealar yoki stress vaziyatlarini aniqlash |
||||
|
11. Talabaning xavfsizligini birinchi oʻringa qoʻyish, natijalarni tahlil qilib, muammolarni aniqlash. |
||||
|
12. Talaba bilan tezkor individual suhbatlar, stressni kamaytirish va muammoni boshqarish strategiyalarini berish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Talabaning bilim darajasi va qiyinchilik sabablarini aniqlash, eʼtibor, xotira va tafakkur jarayonlarini kuzatish |
||||
|
Individual oʻquv ehtiyojlarini belgilash, muammoning ildiz sababini aniqlash |
||||
|
Individual rivojlanish rejasini tuzish, qisqa |
||||
|
Oʻquv strategiyalarini oʻrgatish konspekt tuzish, vaqtni boshqarish, takrorlash usullari, motivatsiyani oshirish |
||||
|
Ijobiy fikr-mulohaza berish, oʻqituvchilar bilan muvofiqlashtirilgan ish olib borish |
||||
|
Taʼlim oluvchilar va ularning yaqinlari bilan muntazam muloqot, talaba, pedagog, ota-ona uchburchagini shakllantirish |
||||
|
Xulqdagi oʻzgarishlarni aniqlash, konflikt vaziyatlarni tahlil qilish |
||||
|
Muammoli xatti-harakatlarni qayd etish, muzokara olib borish |
||||
|
Murosaga kelish yoʻllarini topish, agresiyani konstruktiv yoʻnaltirish |
||||
|
Zarur hollarda mutaxassislarga yoʻnaltirish, maxfiylik va etik meʼyorlarga rioya qilish |
||||
|
Muammoni bosqichma-bosqich yechishga yoʻnaltirish, resurslarni aniqlash |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Talabalarning yosh va individual xususiyatlari, oʻqishdagi qiyinchiliklarning psixologik sabablari |
||||
|
Samarali oʻqitish metodlari, individual yondashuv tamoyillari, differensial va inkluziv taʼlim asoslari |
||||
|
Ichki va tashqi motivatsiya tushunchasi, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash usullari |
||||
|
Talabada oʻqishga ijobiy munosabat shakllantirish yoʻllari, oʻquv qiyinchiliklarini aniqlash metodlari |
||||
|
Kuzatuv va suhbat asosida tahlil qilish, individual rivojlanish xaritasini tuzish, talabalarning emotsional va ijtimoiy rivojlanish bosqichlari |
||||
|
Konflikt turlari va sabablari, konfliktni konstruktiv hal etish usullari |
||||
|
Agressiv va deviant xatti-harakatlarning psixologik sabablari hamda xulq-atvor shakllanishiga taʼsir etuvchi omillar |
||||
|
Oila, ijtimoiy muhit va tengdoshlar guruhining shaxs rivojlanishiga taʼsiri |
||||
|
Stress, psixologik zoʻriqish va emotsional tanglikning asosiy belgilari |
||||
|
Ijtimoiy xavf guruhiga mansub talabalarni aniqlash va ular bilan ishlashning psixologik asoslari |
||||
|
Inqiroz tushunchasi va turlari oilaviy muammo, zoʻravonlik, yoʻqotish, travma, stress va travmaning ruhiy taʼsiri |
||||
|
Favqulodda vaziyatlarda yordam koʻrsatish algoritmi, emotsional barqarorlikni tiklash usullari |
||||
|
Pedagogik muloqot madaniyati, empatiya |
||||
|
A2.03.7 Bitiruvchilarning bandligini monitoring qilish va ishga joylashishiga ko‘maklashish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Bitiruvchilarning bandligini monitoring qilish tizimini tashkil etish va yuritish. |
||||
|
2. Bitiruvchilarning ishga joylashganligi, faoliyat sohasi va egallagan lavozimi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish, yangilash va tahlil qilish. |
||||
|
3. Bitiruvchilar bandligi bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish. |
||||
|
4. Ish beruvchilar bilan hamkorlikda bitiruvchilar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlarini aniqlash hamda ular haqida axborot tarqatish. |
||||
|
5. Bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ularga vakansiyalar, tanlovlar va ishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha maslahatlar berish. |
||||
|
6. Ish beruvchilar, davlat bandlik xizmatlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan bitiruvchilar bandligini ta'minlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish. |
||||
|
7. Bitiruvchilarning bandlik ko‘rsatkichlari va mehnat bozori talablarini tahlil qilish hamda natijalar asosida takliflar ishlab chiqish. |
||||
|
8. Bandlik monitoringi natijalari bo‘yicha statistik, tahliliy va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish. |
||||
|
9. Bitiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, uchrashuvlar, tanlovlar va ish beruvchilar bilan muloqot tadbirlarini tashkil etish. |
||||
|
10. Bandlik monitoringi jarayonida axborotning to‘g‘riligi, ishonchliligi va maxfiyligini ta'minlash. |
||||
|
11. Bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish. |
||||
|
12. Bandlik monitoringi natijalaridan ta'lim dasturlarini takomillashtirish, ish beruvchilar ehtiyojlariga mos kompetensiyalarni shakllantirish va Karyera markazi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Bitiruvchilarning bandligini monitoring qilish va tahlil etish jarayonlarini tashkil etish. |
||||
|
Bitiruvchilar bandligi bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazalarini shakllantirish, yuritish va yangilab borish. |
||||
|
Ish beruvchilar, davlat bandlik xizmatlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
||||
|
Mehnat bozori ehtiyojlari va ish beruvchilarning malaka talablarini tahlil qilish. |
||||
|
Bitiruvchilarga ish qidirish, rezyume (CV) tayyorlash, motivatsion xat yozish va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha kasbiy maslahatlar berish. |
||||
|
Vakansiyalar bazasini yuritish hamda bitiruvchilarni mos ish o‘rinlariga yo‘naltirish. |
||||
|
Bitiruvchilar bandligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va analitik hisobotlar tayyorlash. |
||||
|
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, karyera forumlari, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar va tanlovlarni rejalashtirish hamda tashkil etish. |
||||
|
Bandlik ko‘rsatkichlari asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy xulosalar va takliflar ishlab chiqish. |
||||
|
Bitiruvchilar bandligini monitoring qilishda raqamli platformalar, CRM tizimlari, elektron monitoring vositalari va sun'iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish. |
||||
|
Axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish va xizmat etikasi talablariga rioya etgan holda ma'lumotlar bilan ishlash. |
||||
|
Bitiruvchilarning bandlik darajasini oshirishga qaratilgan innovatsion loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish. |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Oliy ta'lim tashkilotlarida bitiruvchilar bandligini monitoring qilish va ishga joylashtirish tizimining maqsadlari, tamoyillari va tartibi. |
||||
|
Mehnat bozori kon'yunkturasi, zamonaviy kasblar, malaka talablari va ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tahlil qilish usullari. |
||||
|
Bitiruvchilar bandligini monitoring qilish metodologiyasi, mezonlari va asosiy ko‘rsatkichlari (KPI). |
||||
|
Bitiruvchilar, ish beruvchilar va vakant ish o‘rinlari bo‘yicha ma'lumotlar bazalarini yuritish va boshqarish tamoyillari. |
||||
|
Statistik ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, vizualizatsiya qilish va tahliliy hisobotlar tayyorlash usullari. |
||||
|
Karyera rejalashtirish, kasbiy yo‘naltirish, ish qidirish strategiyalari hamda bandlikni ta'minlash mexanizmlari. |
||||
|
Rezyume (CV), motivatsion xat tayyorlash, ish suhbatiga tayyorgarlik ko‘rish va nomzodlarni baholash usullari. |
||||
|
Ish beruvchilar bilan hamkorlikni tashkil etish, memorandumlar tuzish va hamkorlik loyihalarini amalga oshirish tartibi. |
||||
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron monitoring tizimlari, CRM platformalari va bitiruvchilar ma'lumotlar bazalaridan foydalanish prinsiplari. |
||||
|
Business Intelligence (BI), Data Analytics va sun'iy intellekt vositalaridan bandlik monitoringi va tahliliy faoliyatda foydalanish imkoniyatlari. |
||||
|
Bitiruvchilar bandligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari, grantlar, subsidiyalar va bandlikka ko‘maklashish mexanizmlari. |
||||
|
Xalqaro tajribalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish va Graduate Employability bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar. |
||||
|
Axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish, xizmat etikasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi talablar. |
||||
|
Mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qoidalari. |
||||
|
bitiruvchilar bandligini monitoring qilish, ishga joylashtirish jarayonlarini boshqarish, mehnat bozori bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy hamda amaliy bilimlar majmuini qamrab oladi. |
||||
|
A2.04.7 Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish dasturlarini tashkil etish |
Mehnat harakatlari: |
|||
|
1. Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan yillik va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish. |
||||
|
2. Mehnat bozori talablari va ish beruvchilarning ehtiyojlari asosida kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash. |
||||
|
3. Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha seminarlar, treninglar, mahorat darslari (master-klasslar) va vebinarlarni tashkil etish. |
||||
|
4. Talabalar va bitiruvchilar uchun soft skills, employability skills, liderlik, tadbirkorlik va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish. |
||||
|
5. Rezyume (CV), motivatsion xat tayyorlash, ish suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tish va ish qidirish strategiyalari bo‘yicha treninglarni tashkil etish. |
||||
|
6. Mentorlik (Mentoring), murabbiylik (Coaching) va Alumni dasturlarini tashkil etish hamda rivojlantirish. |
||||
|
7. Ish beruvchilar, mutaxassislar va bitiruvchilar ishtirokida uchrashuvlar, karyera forumlari va "Career Day" tadbirlarini tashkil etish. |
||||
|
8. Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini aniqlash maqsadida so‘rovnomalar, diagnostika va tahlillar o‘tkazish. |
||||
|
9. Amaliy loyihalar, tanlovlar, startap tashabbuslari va innovatsion dasturlarda talabalar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash. |
||||
|
10. Raqamli ta'lim platformalari va masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda kasbiy rivojlanish dasturlarini tashkil etish. |
||||
|
11. Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish dasturlarining samaradorligini monitoring qilish va baholash. |
||||
|
12. Dasturlar natijalarini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. |
||||
|
13. Davlat organlari, ish beruvchilar, xalqaro tashkilotlar va boshqa hamkorlar bilan kasbiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
||||
|
14. Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hisobotlar, tahliliy ma'lumotlar va metodik tavsiyalarni tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish. |
||||
|
15. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt vositalaridan foydalangan holda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish dasturlarini doimiy takomillashtirib borish. |
||||
|
Koʻnikmalar: |
||||
|
Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish dasturlarini rejalashtirish va tashkil etish. |
||||
|
Kasbiy, shaxsiy va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan treninglar, seminarlar, mahorat darslari va vebinarlarni tashkil etish. |
||||
|
Soft skills, employability skills, liderlik, kommunikatsiya, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish. |
||||
|
Talabalar va bitiruvchilarga karyera rejalashtirish, ish qidirish strategiyasi, rezyume (CV), motivatsion xat tayyorlash va ish suhbatiga tayyorlanish bo‘yicha maslahatlar berish. |
||||
|
Mentorlik (Mentoring), murabbiylik (Coaching), Alumni va peer-learning dasturlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish. |
||||
|
Ish beruvchilar, mutaxassislar va hamkor tashkilotlar bilan kasbiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish. |
||||
|
Ish beruvchilar, mutaxassislar va hamkor tashkilotlar bilan kasbiy rivojlanish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish. |
||||
|
Kasbiy rivojlanish dasturlarining samaradorligini baholash, monitoring qilish va natijalarini tahlil etish. |
||||
|
Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini aniqlash uchun so‘rovnomalar, diagnostika va kompetensiyalarni baholash vositalaridan foydalanish. |
||||
|
Raqamli ta'lim platformalari, LMS, videokonferensiya tizimlari va elektron ta'lim resurslaridan samarali foydalanish. |
||||
|
Sun'iy intellekt, Business Intelligence (BI) va Data Analytics vositalaridan kasbiy rivojlanish dasturlarini rejalashtirish va takomillashtirishda foydalanish. |
||||
|
Kasbiy rivojlanish dasturlari bo‘yicha statistik ma'lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va analitik hisobotlar tayyorlash. |
||||
|
Innovatsion ta'lim texnologiyalari va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish. |
||||
|
Taqdimotlar o‘tkazish, ommaviy chiqish qilish, samarali muloqot va muzokaralar olib borish. |
||||
|
Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish dasturlarini uzluksiz takomillashtirish, sifatini oshirish va ularning natijadorligini ta'minlash. |
||||
|
Bilimlar: |
||||
|
Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning zamonaviy tamoyillari, metodlari va texnologiyalari. |
||||
|
Mehnat bozori rivojlanish tendensiyalari, ish beruvchilarning malaka talablari va kasblar evolyutsiyasi. |
||||
|
Kompetensiyaga asoslangan ta'lim, kasbiy rivojlanish va umrbod ta'lim (Lifelong Learning) tamoyillari. |
||||
|
Karyera rejalashtirish, kasbiy yoʻnaltirish, mentorlik (Mentoring), murabbiylik (Coaching) va Alumni dasturlarini tashkil etish asoslari. |
||||
|
Soft skills, employability skills, liderlik, tadbirkorlik, kommunikativ va jamoada ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodlari. |
||||
|
Treninglar, seminarlar, mahorat darslari, vebinarlar va boshqa ta'lim tadbirlarini rejalashtirish hamda tashkil etish usullari. |
||||
|
Kasbiy kompetensiyalarni baholash, monitoring qilish, tahlil etish va rivojlantirish dasturlarining samaradorligini aniqlash metodlari. |
||||
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, LMS, elektron ta'lim platformalari, videokonferensiya tizimlari va raqamli ta'lim resurslaridan foydalanish prinsiplari. |
||||
|
Sun'iy intellekt, Business Intelligence (BI), Data Analytics va boshqa raqamli vositalardan kasbiy rivojlanish dasturlarini rejalashtirish hamda tahlil qilishda foydalanish imkoniyatlari. |
||||
|
Xalqaro va milliy ilgʻor tajribalar, karyera markazlari faoliyatini tashkil etish hamda bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar. |
||||
|
Axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish, xizmat etikasi, korrupsiyaga qarshi kurashish, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi bo‘yicha amaldagi talablar. |
||||
|
Masʼuliyat va mustaqillik: |
Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish dasturlarini mustaqil rejalashtirish, tashkil etish va ularning sifatli amalga oshirilishi uchun javob berish. |
|||
|
Dasturlarni mehnat bozori ehtiyojlari, ish beruvchilarning talablari hamda oliy ta'lim tashkilotining strategik maqsadlariga muvofiq ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish. |
||||
|
Treninglar, seminarlar, mahorat darslari, mentorlik va boshqa rivojlantiruvchi tadbirlarning mazmuni, sifati va natijadorligi uchun javob berish. |
||||
|
Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish dasturlariga malakali mutaxassislar, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlarni jalb etishni mustaqil tashkil etish. |
||||
|
Dasturlar samaradorligini monitoring qilish, baholash va natijalari asosida ularni takomillashtirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish. |
||||
|
Talabalar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishiga oid ma'lumotlarning ishonchliligi, maxfiyligi va qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishi uchun javob berish. |
||||
|
Kasbiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda raqamli texnologiyalar, elektron ta'lim platformalari va zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanishni ta'minlash. |
||||
|
Davlat organlari, ish beruvchilar, xalqaro va mahalliy hamkor tashkilotlar bilan o‘z vakolati doirasida mustaqil hamkorlikni amalga oshirish. |
||||
|
Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda xizmat etikasi, korrupsiyaga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi uchun javob berish. |
||||
|
Talabalar va bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan innovatsion tashabbuslarni ilgari surish, yangi dasturlarni joriy etish va ularning natijalari uchun shaxsan javob berish. |
||||
|
Texnik va/yoki texnologik talab |
Shaxsiy kompyuter, noutbuk, printer, skaner, nusxa ko‘chirish qurilmalari va boshqa zamonaviy ofis texnikalaridan foydalanish. Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint, Outlook) hamda bulutli ofis platformalari (Microsoft 365, Google Workspace) bilan ishlash. Elektron hujjat aylanishi va ijro intizomi tizimlaridan foydalanish. Oliy ta'lim tashkilotining axborot tizimlari, talabalar va bitiruvchilar ma'lumotlar bazalari hamda korporativ axborot platformalari bilan ishlash. Karyera xizmatlarini boshqarish, bitiruvchilar bandligini monitoring qilish va vakansiyalarni yuritishga mo‘ljallangan axborot tizimlari hamda CRM platformalaridan foydalanish. Masofaviy muloqot va videokonferensiya platformalari (Zoom, Microsoft Teams, Google Meet va boshqalar) orqali uchrashuvlar va treninglarni tashkil etish. Internet resurslari, elektron mehnat bozori platformalari, vakansiyalar portallari va professional tarmoqlardan (LinkedIn va boshqalar) samarali foydalanish. Elektron ta'lim platformalari (LMS) va raqamli ta'lim resurslaridan foydalanish. Ma'lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish vositalari (Excel, Power BI yoki boshqa BI platformalari)dan foydalanish. Sun'iy intellekt (AI) vositalari va zamonaviy raqamli texnologiyalardan karyera xizmatlarini tashkil etish, ma'lumotlarni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanish. Axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish va elektron axborot resurslaridan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etish. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida karyera xizmatlarini raqamlashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha texnologik yechimlarni joriy etish. |
|||
V. Kasbiy standartning texnik maʼlumotlari
5.1. Kasbiy standartning rekvizitlari
|
1. |
Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashining tasdiqlash hujjatlari: |
Tarmoq kengashining nomi, bayon raqami va sanasi |
|
2. |
Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining xulosasi: |
Sertifikat raqami va sanasi |
|
3. |
Kasbiy standart versiyasi va ishlab chiqilgan sanasi: |
_____ — versiya, XXXX versiya raqamli kasbiy standart nechi marta qayta koʻrib chiqilgan va yangilanganligini koʻrsatadi |
|
4. |
Taxminiy qayta koʻrib chiqish sanasi: |
XX.XX.XXXX, kasbiy standartni yangilash Tarmoq kengashlari tomonidan har 5 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi |
5.2. Kasbiy standartni ishlab chiqishga masʼul tashkilot haqida maʼlumotlar
|
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi |
|
(tashkilot nomi) Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori |
|
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich |
|
(rahbarning lavozimi, imzosi va F.I.O.) |
5.3 Kasbiy standartni ishlab chiqishda ishtirok etgan tashkilot (korxona)lar toʻgʻrisida maʼlumot
|
T/r |
Ishlab chiquvchi toʻgʻrisida maʼlumot |
Imzo |
|
|
Ish joyi va lavozimi |
Familiyasi, ismi, otasining ismi |
||
|
1 |
|
|
|
|
2 |
Oliy taʼlim tashkilotlari departamenti boshligʻi |
Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich |
|
|
3 |
Oliy taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi |
Axrorov Farxod Baxriddinovich |
|
|
4 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori |
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich |
|
|
5 |
Ta'lim tashkilotlarini litsenziyalash bo'limi bosh mutaxassisi |
Toshpo'latov Bekzod Ulug'muradovich |
|
|
6 |
Oliy taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi |
Salimov Akmal |
|
|
7 |
Toshkent kimyo-texnologiya institutining iqtisodiy va tashkiliy masalalar boʻyicha prorektori |
Qodirov Bobiromon Bekmurodovich |
|
|
8 |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori |
Ergashov Yoqub |
|
|
9 |
Toshkent shahrida Vebster universiteti taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi, Ilmiy ishlar va innovatsion loyihalar boʻyicha direktor oʻrinbosari |
Abdullayev Ulugʻbek Abdulxamidovich |
|
|
10 |
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti oʻquv-metodik taʼminot boʻlimi boshligʻi |
Xaydarov Ilxom Qudratovich |
|
|
11 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boʻlim boshligʻi |
Davitov Umid Xasan oʻgʻli |
|
|
12 |
Toshkent pedagogika texnikumi direktori |
Tadjiyeva Mahabbat Xaydaraliyevna |
|
|
13 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bosh mutaxassisi |
Parmanova Ruxsat Tagʻaymuradovna |
|
|
14 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi yetakchi mutaxassisi |
Safarov Akbar |
|
|
15 |
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi yetakchi mutaxassisi |
Eshqoʻziyev Oxunjon Oybek oʻgʻli |
|
|
16 |
Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi ijrochi direktori |
Ganiyev Alisher Kadiraliyevich |
|
|
17 |
Toshkent kasb-hunar va tibbiyot texnikumi bosh ijrochi direktori |
Nishanov Rustam Ibraimovich |
|
|
18 |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi, tarmoq kengashi kotibi |
Abdiyev Gʻayrat |
|
