“Stipendium Hungaricum” dasturi stipendiatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-08-18 19:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida stipendiatlarga xorijda tahsil olish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda ta’lim jarayoniga oid muhim tavsiyalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning o‘zaro muloqot qilishi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi uchun imkoniyat yaratildi.
2026/2027-o‘quv yilida “Stipendium Hungaricum” dasturi bo‘yicha:
• 110 nafar o‘zbekistonlik yosh Vengriyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi;
• 2019/2020-o‘quv yilidan buyon 533 nafar yosh ushbu stipendiya sohibiga aylandi;
• 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab grantlar kvotasini yiliga 200 taga yetkazish rejalashtirilgan.






