Vazir Urganch davlat universitetining yangi yotoqxonasi bilan tanishdi
2026-08-15 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
15-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida DXSh asosida barpo etilayotgan 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyida bo‘ldi.

O‘rganish davomida yangi yotoqxonada olib borilayotgan jihozlash ishlari, yaratilayotgan sharoitlar va obyektni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullar bilan muloqotda talabalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlarni ta’minlash, binoni to‘liq jihozlash hamda ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






