O‘zbekiston, Ozarbayjon hamda Qozog‘iston o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik kengaymoqda
2026-08-14 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi Ozarbayjon Respublikasida O‘zbekistonning oliy ta’lim imkoniyatlarini targ‘ib qilish va xalqaro ta’lim hamkorligini rivojlantirish maqsadida Ingla School Baku bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandum doirasida Bokuda markazning vakolatxonasini tashkil etish hamda “O‘zbekistonda o‘qish” tashabbusini Ozarbayjonda keng targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish milliy markazi bilan ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuvlar O‘zbekistonning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzini oshirish, oliy ta’lim muassasalarining xorijiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda ta’lim xizmatlarini xalqaro bozorda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.



