Oliy ta’lim vakillari AQShda sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirdi
2026-08-12 20:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastur AQShning Rowan Universitetida “Ta’limda sun’iy intellekt: nazariya, liderlik va amaliyot” yo‘nalishida tashkil etilib, kurs davomida ishtirokchilar sun’iy intellektning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan birga, ilg‘or AI platformalarini ta’lim jarayoni va universitet boshqaruviga tatbiq etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashdilar.
Shuningdek, tinglovchilar Rowan Universitetining ilg‘or tajribasi, yuqori unumdor hisoblash markazi (High-Performance Computing Center) hamda sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy ta’lim yechimlari bilan yaqindan tanishdilar.
Malaka oshirish dasturi nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda amaliy loyihalar, keys tahlillari, xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar va strategik muhokamalar asosida tashkil etildi.



