ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDA E’LON
2026-08-11 15:25:00 / E’lonlar

1. Xarid to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
- Xarid qilish tartib-taomili shakli: Eng yaxshi takliflarni tanlash (Ochiq tanlash).
- Xarid identifikatsiya raqami: №8274172
- Elektron davlat xaridlari platformasi: xt-xarid.uz
- E’lon havolasi: https://xt-xarid.uz/procedure/8274172/core
- Xarid predmeti: Kasbiy ta’lim tashkilotlarining 12 nafar pedagog xodimi uchun “Payvandlash” yo‘nalishi bo‘yicha Germaniyadagi o‘quv markazlari/tashkilotlarida malaka oshirish kurslarini tashkil etish xizmati.
- Xaridning boshlang‘ich narxi: 2 284 953 928,82 so‘m (QQS hamda barcha soliq va qo‘shimcha to‘lovlarni inobatga olgan holda).
- Xizmat ko‘rsatish joyi va shartlari: Texnik topshiriqqa muvofiq (Germaniya Federativ Respublikasi).
2. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan umumiy va malakaviy talablar
Tanlashda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq davlat xaridlari jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy (norezident) tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga mos bo‘lishi shart:
- Shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa hamda muomala layoqatiga ega bo‘lishi;
- Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
- Sud qarorlari bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlar mavjud emasligi;
- Insofsiz ijrochilarning yagona reystrida ro‘yxatda turmaganligi;
- Bankrotlik tartib-taomillarida bo‘lmaganligi va moliyaviy barqarorligi;
- Manfaatlar to‘qnashuvining mavjud emasligi;
- Affillanganlik holatlarining mavjud emasligi;
- Korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida kafolat xati;
- Texnik topshiriqda belgilangan soha bo‘yicha tegishli tajriba va malakali mutaxassislarga ega ekanligi.
3. Takliflarni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi
1. Taklif taqdim etish shakli: Takliflar faqat elektron shaklda xt-xarid.uz platformasi orqali xarid hujjatlari va texnik topshiriq talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan holda taqdim etiladi.
2. Hujjatlarni tasdiqlash: Elektron takliflar va unga ilova qilinadigan hujjatlar ishtirokchining Elektron raqamli imzosi (ERI) bilan tasdiqlanishi lozim (norezidentlar uchun platforma qoidalarida belgilangan tartibda).
3. Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 18-avgust, soat 12:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan).
Eslatma: Norezident tashkilotlar platformada ro‘yxatdan o‘tish hamda elektron xarid jarayonida ishtirok etish bilan bog‘liq texnik va tashkiliy masalalar bo‘yicha XT-Xarid Aloqa markaziga +998 78 150 03 14 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
4. Buyurtmachi va aloqa ma’lumotlari
1. Davlat buyurtmachisi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi.
2. Buyurtmachi manzili: 100174, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy
3. Mas’ul aloqa bog‘lovchi shaxs: Amirqulov Zafar Vaxid o‘g‘li, Kasbiy ta’lim agentligi bosh mutaxassisi, z.amirqulov@kasbedu.uz
Barcha manfaatdor tashkilotlar platformada e’lon qilingan xarid hujjatlari, texnik topshiriq va baholash mezonlari bilan batafsil tanishib chiqib, o‘z tijorat va texnik takliflarini belgilangan muddatdan kechikmay taqdim etishga taklif qilinadi.
