Vazir Xiva shahridagi Lyaonin pedagogika universiteti filialida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi
2026-08-10 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida Xiva shahrida tashkil etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filialida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida filial binosida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv xonalarini ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib zamonaviy talablar asosida jihozlash hamda filial faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga qurilish va jihozlash ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash, ta’lim jarayoni uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va filial faoliyatini yuqori saviyada yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.









