Texnologik metallar kombinatida oliy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi bosqichi muhokama qilindi
2026-08-06 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida ishtirokchilar kombinatning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari, yangi investitsiya loyihalari hamda ilm-fan va ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
Shundan soʻng vazirlik, kombinat va oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazilib, metallurgiya, materialshunoslik va kimyo-texnologiya yoʻnalishidagi kafedralarning filiallarini kombinat hududida tashkil etish, dual taʼlim dasturlarini kengaytirish, qoʻshma ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish, maqsadli qabul tizimini yoʻlga qoʻyish hamda kombinat xodimlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga kombinat bilan hamkorlik boʻyicha aniq "yoʻl xaritalari"ni ishlab chiqish, sohadagi dolzarb masalalarni ilmiy-tadqiqot mavzulariga aylantirish va belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida hamda sifatli ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.









