“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida davlat xizmatlarini soddalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
2026-08-06 14:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzuridagi loyiha ofisining vakillari, shuningdek, vazirlik va uning tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish, mavjud ortiqcha tartib-taomillarni aniqlash va qisqartirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish hamda axborot tizimlarini o‘zaro integratsiyalash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, davlat xizmatlarini shunchaki elektron shaklga o‘tkazishning o‘zi yetarli emas. Asosiy maqsad - xizmat ko‘rsatish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish, ortiqcha bosqich va hujjatlarni bartaraf etish hamda ularni fuqarolar uchun sodda, tezkor, tushunarli va qulay shaklga keltirishdan iborat.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish mezonlari, ortiqcha tartib-taomillarni aniqlash usullari hamda xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar bilan tanishtirildi.









