Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi.
2026-08-05 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Jumladan, Oʻktam Salomov universitetning zamonaviy oʻquv laboratoriyalari, ilmiy-amaliy markazlari va ularning faoliyatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, tomonlar ilmiy tadqiqotlarni samarali tashkil etish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot davomida qishloq xoʻjaligi sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, zamonaviy innovatsion yechimlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda taʼlim, ilm-fan va amaliyot oʻrtasidagi uzviy hamkorlikni yanada rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri ekani alohida taʼkidlandi.
Tashrif yakunida vazir oʻrinbosari universitetning ilmiy-innovatsion salohiyatini yanada yuksaltirish, mavjud ilmiy infratuzilmadan samarali foydalanish, taʼlim jarayoniga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish hamda qishloq xoʻjaligi tarmogʻi ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan amaliy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.









