Rasmiy munosabat
2026-07-16 11:05:00 / Vazirlik yangiliklari
❓Diplomingiz HEMIS, diplom.edu.uz yoki my.gov.uz platformalarida koʻrinmayaptimi?

❓Diplomingiz HEMIS, diplom.edu.uz yoki my.gov.uz platformalarida koʻrinmayaptimi?
Agar diplom maʼlumotlaringiz mazkur axborot tizimlarida aks etmayotgan boʻlsa, birinchi navbatda oʻzingiz tamomlagan oliy taʼlim tashkilotining Registrator ofisiga murojaat qiling.
Registrator ofisi tomonidan diplom maʼlumotlari tekshirilib, zarur hollarda axborot tizimlariga kiritish yoki yangilash boʻyicha tegishli ishlar amalga oshiriladi.
Qoʻshimcha savollar yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1006 qisqa ishonch raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
