Vazirning navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi
2026-07-31 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan qabulda talabalar, ularning ota-onalari hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi kelishuvlar asosida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari, kitob va adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, o‘quv jarayonini tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, vazirlikka shaxsan kelish imkoniga ega bo‘lmagan, uzoq hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun videokonferensaloqa orqali vazirga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.
Qabul yakunida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.









