"Hududiy elektr tarmoqlari" AJda maqom san’atiga bag‘ishlangan ma’naviyat tadbiri bо‘lib о‘tdi
2026-07-17 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJda milliy madaniyatimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.

Unda О‘zbekiston xalq artisti Munojat Yо‘lchiyeva boshchiligida bir guruh san’atkorlar ishtirok etib, milliy maqom san’atining betakror namunalarini ijro etdi. Ularning yuksak mahorat bilan ijro etgan kuy-qо‘shiqlari xodimlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Tadbirda sо‘zga chiqqanlar milliy musiqiy merosimizni asrab-avaylash, uni kelgusi avlodlarga yetkazish va yurtimizda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Tadbir ishtirokchilari ushbu madaniy kecha uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, bunday ma’rifiy uchrashuvlar jamoa ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.






