Oʻzbekiston Yoshlari xalqaro robototexnika musobaqasida (WRS) yuqori natijalarni qayd etdi
2026-07-27 09:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Xususan, Xaynan provinsiyasi, Sanya shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada Olmaliq davlat texnika instituti, Toshkent davlat transport universiteti hamda Buxoro davlat texnika universiteti yoshlari Oʻzbekiston nomidan ishtirok etishdi.
🥈Yakuniy natijalarga koʻra, Oʻzbekiston vakillari, Toshkent davlat transport universiteti talabalari “Runner Up” yoʻnalishida 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoamizga FIRST Tech Challenge (FTC) China Offseason Event xalqaro musobaqasining “Eng faol va namunali jamoa” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
Maʼlumot uchun: 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi, Xaynan provinsiyasi, Sanya shahrida boʻlib oʻtgan 2026 World Robot Contest (WRC) Championships musobaqasida dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlardan 10 mingdan ortiq ishtirokchilar oʻzaro bellashdi.
Bugungi yutuqlar – bu nafaqat robototexnika sohasidagi muvaffaqiyat, balki mamlakatimiz yoshlarining bilim, innovatsion fikrlashi va xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi tobora yuksalib borayotganining amaliy isbotidir.
Siz ham muhandislik hamda robototexnika sohasidagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqchi boʻlsangiz, Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisiga murojaat qiling.




