Aholi bilan muloqot tizimi samarali tashkil qilinadi
2026-07-16 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan:
♻️ Virtual qabulxona axborot tizimida murojaatlar “shoshilinch”, “odatiy” va “maslahat talab qiluvchi” toifalariga ajratilib qabul qilinadi. Nazoratga qaytarilgan murojaatlar esa 3 ish kuni ichida yuqori turuvchi organlar tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
📨 Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda hududlarda murojaatlar bilan ishlash holatini yoritadi hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlar ko‘rib chiqilishiga oid e'tirozlarni o‘rganib boradi. Bu ko‘rsatkichlar ularning faoliyati samaradorligini baholashda ham inobatga olinadi.
📑 Bundan tashqari:
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman hokimlari tegishli Xalq qabulxonalariga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi, fuqarolarni muntazam shaxsan qabul qiladi va muammolarni joyida hal etish choralarini ko‘radi;
➖ murojaatlar tahlili asosida hududlardagi dolzarb muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
➖ joylardagi Xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, normativ-uslubiy hamda axborot-tahliliy jihatdan ta'minlash, shuningdek, ularga yuklatilgan vazifalar ijrosi monitoring qilinadi;
➖ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy qabullari hamda “ishonch telefonlari”faoliyati muntazam monitoring qilinadi;
➖ aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini Qonunchilik palatasi va Senatda, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini esa tegishlicha Senatda yoki mahalliy kengashlarda har chorakda kamida bir marta eshitib borish tartibi joriy qilinadi.
➡️Mazkur Farmon aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, Xalq qabulxonalari faoliyati samaradorligini oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotini ta’minlashga xizmat qiladi.
