Vazirlikda ijro nazorati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-23 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda vazirlik markaziy apparati rahbar xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Prezident hujjatlari, Hukumat qarorlari, vazirlik topshiriqlari hamda murojaatlar ijrosi holati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Vazir ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ularning amaliy natijadorligini ta’minlash hamda ijro nazoratini raqamli monitoring asosida tashkil etish zarurligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, mas’ul rahbarlarga nazoratdagi hujjatlar ijrosini doimiy monitoring qilish, kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish hamda shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida vazirlik tizimida ijro intizomini yanada mustahkamlash, hujjatlar ijrosining sifati va samaradorligini oshirish hamda har bir topshiriqning natijadorligi bo‘yicha qat’iy nazoratni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.