“TalabaExpo–2026”: Imkoniyatlar maydoni sizni chorlaydi
2026-07-21 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Buxoro shahrida davom etayotgan "Talaba Expo–2026" kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi yoshlar uchun ta’lim, tadbirkorlik hamda bandlik yo‘nalishlarida yangi ufqlarni ochmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilar "Kelajakka qadam" dasturi asosida imtiyozli kredit olish imkoniyatlari bilan tanishmoqda. Shuningdek, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy treninglar, istiqbolli startap loyihalar taqdimoti hamda "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqotida faol ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma dasturidan o‘rin olgan "Merganteks" korxonasiga ekskursiya davomida yoshlar zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, korxona faoliyati va amaliy ish tajribasi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
"Talaba Expo–2026" — bu yoshlarning bilimini boyitish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhim maydondir.








