Buxoroda “Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi – kelajak sari muhim qadam!
2026-07-21 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ayni damda Buxoro shahrida yoshlarning kasb tanlashi, zamonaviy taʼlim yoʻnalishlari va kelajak imkoniyatlarini namoyon etuvchi “Talaba Expo–2026” kasb koʻrgazmasi qizgʻin ruhda davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Adilov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda “Kelajakka qadam” loyihasi rahbari Elmurod Hoshimov soʻzga chiqib, yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdilar.
Soʻzga chiqqanlar bugungi kunda bilim, kasb va zamonaviy koʻnikmalar har bir yoshning eng katta boyligi ekanini taʼkidlab, koʻrgazmada taqdim etilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, oʻz qiziqishiga mos istiqbolli kasbni tanlashga va kelajakni bugundan boshlab bunyod etishga chaqirdilar.









