“Future 100” dasturi: Dunyoning №1 universiteti — MIT’da innovatsion ekotizim tajribasi o‘rganildi
2026-07-20 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastur avvalida MIT Kuo Sharper Center for Prosperity and Entrepreneurship markazida Fellowships direktori Dr. Haitham Khoury bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda markaz faoliyati, “New Calculus for Prosperity” tashabbusi, MIT Fellowship dasturlari hamda tadbirkorlar va davlat siyosatini ishlab chiquvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etildi.
Shuningdek, MIT professori “Creating Ecosystems for Deeptech” mavzusida ma’ruza qilib, universitetlar boshchiligida deep-tech ekotizimini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va innovatsiyalarni bozorga olib chiqish mexanizmlari haqida so‘z yuritdi.
Ma’lumot o‘rnida: Massachusetts Institute of Technology (MIT) 1861-yilda tashkil etilgan bo‘lib, QS World University Rankings 2026 reytingida ketma-ket 14 yil davomida dunyoning №1 universiteti sifatida e’tirof etilgan. Universitetning 100 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari bilan bog‘liq ilmiy faoliyati mavjud bo‘lib, sun’iy intellekt, muhandislik va innovatsiyalar sohasidagi dunyoning yetakchi ilmiy markazlaridan biri hisoblanadi.
