Amerika texnologiyalar universiteti rektori bilan uchrashuv tashkil etildi
2026-07-16 14:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Amerika texnologiyalar universiteti rektori professor Viktoriya Fontan bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida vazir professor Viktoriya Fontanni universitet rektori lavozimiga tayinlangani bilan samimiy muborakbod etdi.

Muloqotda AQShning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma va ikki tomonlama diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yish, amerikalik professorlarni ta’lim jarayoni va ilmiy tadqiqotlarga jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Yakunda Amerika texnologiyalar universiteti bilan ta’lim, ilm-fan, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalar yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.
