“Future 100” dasturi: StartX’da Silikon vodiysining startup ekotizimi o‘rganildi
2026-07-17 09:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida ishtirokchilarga 2009-yilda tashkil etilgan StartX’ning faoliyati, Stanford universiteti bilan hamkorlikda shakllangan innovatsion ekotizimi, startaplarni rivojlantirish modeli hamda mentorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bugungi kunda StartX hamjamiyati 3 000 dan ortiq Stanford asoschisi, 21 ta unicorn, 146 ta $100 milliondan ortiq qiymatga ega kompaniya va $200 milliarddan ortiq umumiy qiymatga ega startaplarni birlashtiradi.
Shuningdek, StartX’ning asosiy tamoyili — 0% equity va 0% to‘lov asosida faoliyat yuritishi, ya’ni startaplardan ulush yoki dastur to‘lovi talab qilmasdan ularni mentorlik, investorlar tarmog‘i va global hamkorlik imkoniyatlari orqali qo‘llab-quvvatlashi alohida ta’kidlandi.
Mazkur tashrif ishtirokchilarga Silikon vodiysining innovatsion ekotizimi, startup madaniyati hamda dunyoning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlik tajribalarini yaqindan o‘rganish imkonini berdi.
