Toshkentda faol va tashabbuskor yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi
2026-07-10 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Quvonarlisi, mazkur mukofot egalari orasida vazirlik tizimi xodimlari ham bor. Xususan, mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda fidokorona xizmatlari uchun vazirlik boshqarma boshligʻi Fazliddin Moʻminov hamda vazir maslahatchisi Akbarxon Sobirxonov, shuningdek, Kasbiy ta’lim agentligi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Ochilboyev hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti prorektori Bahodir Boborajabov ham “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib, o‘zining vatanparvarligi, fidoyiligi va yuqori intellektual salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlar va soha vakillari yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishdi.
Tadbirda milliy ma’naviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlarni yuksaltirishga hamda Vatanimiz shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan faollarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu mukofot sohiblarini yangi marralar sari ruhlantirish, ularning kelgusidagi tashabbus va ijodiy faoliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan marosim taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokidagi go‘zal kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Mazkur tadbir yurt ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan yosh avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi.









