“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
2026-07-09 15:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 142 nafar talaba-yoshlar hududlardagi oliygohlarga tashrif buyurib, markazlashgan formatda ishtirok etishdi. Finalni Markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Finalda ishtirokchilarga O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin”, Tohir Malikning “Alvido, bolalik” hamda Jorj Oruellning “1984” asarlari yuzasidan jami 50 ta test savoli taqdim etildi. Yakunda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb topildi, natijalar teng bo‘lgan hollarda esa qo‘shimcha savollar orqali g‘olib aniqlandi.
Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
🥇Mohichehra Gʻoyibnazarova – NavDU talabasi;
🥈Dildoraxon Ne’matullayeva – FarDU talabasi;
🥈Muxlisa Ochilova – SamDU talabasi;
🥉Jaloliddin Nosirov – ToshDOʻTAU talabasi;
🥉Sevinch Aminbayeva – ADTI talabasi;
🥉Alisher Tojiboyev – TDYU talabasi;
➡️4) Dilnigor Normamatova – TDIU talabasi;
➡️4) Nilufar Davronova – BuxDU talabasi;
➡️4) Umidjon Shaxobov – BuxDTI talabasi;
➡️4) Marjona Eshdavlatova – QarDU talabasi;
↪️5) Zuhra Sherpoʻlatova – TerDU talabasi;
↪️5) Behruzbek Qurbonaliyev – Temurbeklar maktabi AL oʻquvchisi;
↪️5) Mahliyo Xoʻrozboyeva – SamDU talabasi;
↪️5) Ismigul Samatova – QarDU talabasi;
↪️5) Saidaxon Kozimjonova – ADTU talabasi.
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari:
🥇Vohidjon Abdusalimov – TerDU talabasi;
🥈Shahlo Mamadjonova – NamDPI magistranti;
🥈Ma’ruf Muzaffarov – TDIU talabasi;
🥉Niginabonu Safarova – O‘zDJTU talabasi;
🥉Anvar Ravshanov – TKTI talabasi;
🥉Robiya Ozodova – USAT talabasi.
🏆 Tanlov g‘olib va sovrindorlari nizom asosida diplom, sertifikat hamda noutbuk, smart televizor va planshet kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
