Navoiy davlat universiteti kampusi qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda
2026-07-09 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida universitet rektori Muhiddin Kalonov hamda mas’ul qurilish tashkilotlari vakillari tomonidan kampus binolarining me’moriy yechimlari, qurilish ishlarining bugungi holati, majmuaning bosh rejasi hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ko‘zdan kechirish jarayonida yangi kampusda zamonaviy o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, talabalar turar joylari, sport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlari belgilangan reja asosida olib borilayotgani qayd etildi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari kampus infratuzilmasini zamonaviy talablar va xalqaro standartlar asosida shakllantirish, ta’lim hamda ilmiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish-montaj ishlarining sifatini yanada oshirish, xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.



