“TalabaExpo – 2026” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-07-09 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari, yosh tadbirkorlar, mutasaddi idoralar vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Muloqot davomida muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tajribalari, biznesni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni istayotgan yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.
Tadbir yakunida turli yo‘nalishlarda faol va tashabbuskor bo‘lib kelayotgan bir guruh yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida biznes loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratilishi tasdiqlangan yoshlarga tantanali ravishda vaucherlar topshirildi.
