Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar kuni keng nishonlandi
2026-07-03 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir avvalida arab davlatlaridan kelib institutda ta’lim olgan bir guruh xorijlik bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, ular shifokor qasamyodini qabul qildilar.
Bayram musiqiy chiqishlar, milliy va zamonaviy raqslar hamda sahna ko‘rinishlari bilan davom etdi.
Institut rektori, professor Shuhrat Teshaev ta’lim, ilm-fan, sport va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning tashakkurnomalarini topshirdi.
Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov hamda musobaqalarda faol ishtirok etib, o‘qishdagi yutuqlari va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh talabalar institutning Fakhriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir yoshlarning yutuqlarini munosib e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.
