Oliy ta’limda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar joriy etildi
2026-07-03 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zgarishlardan asosiy maqsad — oliy ta’limni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
🎓 Bakalavriatda yangi yo‘nalishlar
Endilikda quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi:
🌱 ekologiya va atrof-muhit;
♻️ yashil iqtisodiyot;
🌍 iqlim o‘zgarishi;
☀️ qayta tiklanuvchi energiya;
💧 suv resurslarini boshqarish;
🤖 mobil robototexnika;
🛸 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar);
🌾 barqaror qishloq xo‘jaligi;
🏕 ekoturizm;
🚆 temir yo‘l muhandisligi.
🎓 Magistraturada yangi mutaxassisliklar
Magistratura bosqichida ham qator yangi mutaxassisliklar ochildi. Jumladan:
▪️ xalqaro energetik siyosat;
▪️ xalqaro suv diplomatiyasi;
▪️ sirkulyar iqtisodiyot;
▪️ barqaror moliya;
▪️ rivojlanish iqtisodiyoti;
▪️ ekologiya huquqi;
▪️ xalqaro savdo huquqi;
▪️ nazariy va muhandislik fizikasi;
▪️ urbanistika;
▪️ barqaror shaharsozlik;
▪️ iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi;
▪️ barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar.
Shuningdek, klassifikatorga yana quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi.
766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi.
799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi.
👉🏻 Hujjatni yuklab olish
