Chust — qadimiy tarix va milliy hunarmandchilik markazi
2026-07-02 11:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Namangan viloyatining qadimiy Chust shahri ko‘p asrlik tarixi, boy madaniy merosi va rivojlangan hunarmandchilik an’analari bilan yurtimizning eng mashhur maskanlaridan biridir.

Azaldan mohir ustalar yurti sifatida tanilgan Chust bugungi kunda ham milliy qadriyatlarni asrab-avaylab kelmoqda. Chust ayniqsa o‘zining dunyoga mashhur pichoqchilik maktabi bilan e’tirof etilgan. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan an’analar asosida yasaladigan Chust pichoqlari o‘tkirligi, mustahkamligi va nafis bezaklari bilan ajralib turadi. Shuningdek, Chust milliy do‘ppichilik san’atining ham yirik markazlaridan biri sanaladi. Ustalar tomonidan qo‘lda tikiladigan, o‘ziga xos naqsh va bezaklarga ega Chust do‘ppilari xalq amaliy san’atining bebaho namunasi bo‘lib, milliy madaniyatimizning ajralmas qismiga aylangan.
