Chust – milliy hunarmandchilik an’analari yashayotgan maskan
2026-07-01 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Namangan viloyatining qadimiy Chust shahri Farg‘ona vodiysining eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, dunyoga mashhur pichoqlari va milliy do‘ppilari bilan tanilgan.

Asrlar davomida metallga ishlov berish san’ati rivojlangan Chustda bugungi kunda ham mohir so‘zangar ustalar an’anaviy usulda pichoqlar yasashni davom ettirmoqda. Qo‘lda tayyorlanadigan Chust pichoqlari o‘zining o‘tkirligi, mustahkamligi va nafis ishlovi bilan yuksak qadrlanadi.
Shahar yana Chust do‘ppilari bilan ham mashhur. Ustalar tomonidan qo‘lda tikiladigan, betakror naqsh va bezaklar bilan sayqal topgan ushbu do‘ppilar xalq amaliy san’atining yorqin namunasi hisoblanadi.


