Talaba Expo–2026 doirasida biznes loyiha va start-uplar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2026-07-02 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Talaba Expo–2026” ko‘rgazmasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining biznes loyiha va start-uplar taqdimotlari tashkil etildi.

Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, tadbirkorlik tashabbuslari hamda amaliy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
Taqdimot davomida bitiruvchilar o‘z biznes g‘oyalari, start-up loyihalari va kelajakdagi rejalari bilan ishtirok etib, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos tashabbuslarini namoyish etdilar.







