Vazirlikning faol yosh xodimlari taqdirlandi
2026-07-02 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida yoshlar bilan uchrashdi.

"Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat boshqaruvidagi o‘rnini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Anjuman doirasida vazirlik tizimida o‘zining mas’uliyatli mehnati, tashabbuskorligi va samarali faoliyati bilan ajralib turgan 20 nafar yosh xodim faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof yosh mutaxassislarni yangi marralar sari ruhlantirish, ularning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirish hamda vazirlik tizimida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan yoshlarni munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.









