27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida soha vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-07-02 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Tadbirda vazirlik bilan samarali hamkorlik olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda axborot targ‘ibotchilari qatnashdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirokchilarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, soha fidoyilarining vazirlik faoliyatini keng jamoatchilikka ochiq va tezkor yetkazish, tizimdagi islohotlarni haqqoniy yoritish hamda ijobiy ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishdagi munosib xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv yakunida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar vazirlikning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
