Samarqand shahrida “Talaba Expo–2026” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
2026-07-02 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtayev, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov hamda oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

“Talaba Expo–2026” yoshlarning ilmiy, ijodiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish, ularni yangi g‘oyalar, ta’lim imkoniyatlari hamda kelajak kasblari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida ishtirokchilar talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan loyihalar, ta’lim dasturlari va innovatsion tashabbuslar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
