Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
2026-06-24 09:05:00 / E’lonlar

Yig‘ilish kun tartibidan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Navkat” hamda unga yondosh mahallalar aholisini qamrab oluvchi innovatsion kooperativ tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy loyiha tanloviga kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, baholash o‘rin olgan.
Shuningdek, yig‘ilishda 2025-yilda ijtimoiy loyihalar tanlovi g‘olibi bo‘lgan “Istiqbol” tadqiqot markazining oliy ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan loyihasi bo‘yicha bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan hisobot tinglanadi.
📆 2026-yil 25-iyun
⏳ Soat 17:00
Jamoatchilik kengashi tomonidan taqdim etilgan loyihalarning ijtimoiy ahamiyati, samaradorligi va kutilayotgan natijalari atroflicha muhokama qilinadi.
